Bitiruvchi o‘rniga robot: Tokiodagi universitet innovatsion diplom topshirish marosimini o‘tkazdi

Bitiruvchi o‘rniga robot: Tokiodagi universitet innovatsion diplom topshirish marosimini o‘tkazdi

Yaponiyadagi BBT universiteti COVID-19 pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzmay bitiruv marosimini o‘tkazishning ajoyib texnologik yo‘lini topdi.

Universitet rasmiy saytida xabar qilinishicha, marosimda robotlardan foydalanilgan: to‘rt nafar bitiruvchi (ikki bakalavr va ikki magistr) uydan turib masofadan bu robotlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Robotlarga bitiruvchilardek kiyim kiygizilib, yuz qismiga displey joylangan va u onlayn tarzda bitiruvchining vebkamerasiga ulangan. Robotlarni masofadan turib boshqargan talabalar ular vositasida diplomlarini tantanali tarzda qabul qilib olishgan.

Qolgan bitiruvchilar esa marosimni ZOOM orqali onlayn kuzatib, fikrlari bilan o‘rtoqlashishgan.

28 mart kuni Tokiodagi mehmonxonalardan birida o‘tgan tadbirda newme robotlaridan foydalanilgan. Bitiruvchilar marosimdan keyin ushbu robotlar orqali intervyu ham berishgan.

Ma’lumot uchun, BBT (Business Breakthrough) universiteti biznes boshqaruvi sohasidagi kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social