Britaniyada «kelajak samolyoti» ishlab chiqildi

Britaniyada «kelajak samolyoti» ishlab chiqildi

Yangi avialayner vodorod yonilg‘isida ishlaydi va ekologiyaga xavf solmaydi. 

Britaniya Aerokosmik texnologiyalar institutida dunyo aviatsiyasining kelajagiga aylanishi mumkin bo‘lgan samolyot ishlab chiqildi, deb yozadi Bloomberg.

Buyuk Britaniya hukumati ushbu samolyotni ishlab chiqishga 15 mln funt sterling bergan.

Yangi avialayner vodorod yonilg‘isida ishlaydi va ekologiyaga xavf solmaydi.

Model ikkita turboventilyatorli dvigatel va vodorod saqlashga mo‘ljallangan kriogen baklar bilan jihozlangan. Yonilg‘ini minus 250 daraja haroratda ham saqlash mumkin.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, layner 279 nafar yo‘lovchini reaktiv dvigatelli samolyotlardagi kabi tezlik va qulaylikda Londondan San-Fransiskoga olib kelishi mumkin.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. qa4on u4iwi bowlirkan?

  2. 4iroylikan, u4ib k6rardim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social