Bugungi kunda insonioyat “komillik” va “barkamollikka” intilib yashamoqda. “Komillik” va “barkamollik” bilan bevosita bog`liq bo`lgan yana bir tushuncha mavjuddir, bu “ruhan sog`lomlik” tushunchasidir. Ruhan sog`lomlik esa bu bizning ichki ruhiyatimizga bog`liq.
Inson ruhiyatida tartibsizlik va notinchlik vujudga kelganda uning ichki kuch-quvvati bekorga sarf bo`ladi va inson ruhan barkamol bo`lib o`sish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Ko`pincha buni biz ichki dunyo deb ham ataymiz. Ichki dunyo nima degani o`zi? Bu shunday joyki, undan insonni yangilashga va uning hayotini o`zgartirishga qodir ruhiy quvvatdir. Kimdir bu joyni yurak deb atasa, boshqa birov ruhiy markaz deydi, yana kimdir esa bu joyni bog`ga tenglashtirishni o`rinli deb biladi.
Darxaqiqat inson ruhiyatida tartibsizlik va notinchlik vujudga kelganda biz gohida nima qilishni bilmay qolamiz. Bunday holatda shaxsda fikrlashi, asab tizimining izdan chiqishi, o`zaro muloqoti, faoliyati va atrofdagilarga yuzaki muloqoti kuzatiladi. Bunday holatda to`g`ri qaror qabul qilishi mushkullashadi. Zo`riqish va toliqish vujudga kelsa bu inson salomatligi hamda faoliyatiga ham salbiy ta`sir qiladi.
Insoniyatda bunday vaziyatda to`g`ri qaror yoki to`g`ri tanlov qilish imkoniyati pasayadi. Lekin insoniyat komillika intib yashar ekan va xamisha to`g`ri tanlovni qidiradi. Sizu bizning oldimizda xar doim to`g`ri yo`lni tanlash va to`g`ri qaror qabul qilish imkoni bo`ladi.
Nemets faylasufi Marken Xaydagen shunday yozadi: “Insonyat ruhiyatida “emotsional (hissiy) zo`riqish” yoki stress holati bo`ladi”. Bundan qutilish va uni esdan chiqarish uchun esa, insoniyat bugungi kunda turli xil yo`llarni qidiryapdi. Kimdir “ichkilikdan”, kimdir giyoxvand moddadan, kimdir sigaretadan va yana kimdir fohishilikdan. Ayrim insonlar esa oilaviy ajralishlar orqali bunday holatlardan qutilish yo`llarni tanlayapdilar.
Ammo bu tanlovlar bizning kelajagimizga qanday ta`sir o`tkazishi haqidi o`ylab ko`rganmisiz?
Sizning xar qanday tanlovingiz, sizning kelajagingizni belgilaydi. Kelajak bu tasodifiy narsa emas, bu sizning tanlovingizni samarasi. Kelajak kutib o`tirilmaydi va uni bizga hech kim qurib bermaydi. Bizning tanlovimiz ertangi dunyoni shakllantiradi. Ertangi kun esa bizning kelajagimizni ko`rsatadi. Kelajak esa sizning tanlovingiz asosida quriladi.
Shunday ekan, qalbingizda tartibsizlik va notinchlik vujudga kelganda, bugun siz qanday tanlov qilasiz???
Сизу бизнинг олдимизда хар доим тўғри йўлни танлаш ва тўғри қарор қабул қилиш имкони бўлади. – zor gap!
Rustambek, Tog’ri har doim ikkita yo’l bo’ladi, lekin har doim qaysi biri to’g’ri deb qiynalaman.
To’g’ri Feruza masalan men shunday vaziyatlarda holi qolib, fikrlayman va qaror qabul qilaman.
Юрагимда тинчлик бўлмаганда, мен сокин жойда мусиқа эшитаман. Қандай қарор қилишни виждоним аниқлаб беради.
albatta yakin bulgan tajribali insonlardan maslahat surasang yaxshi bulardi, lekin yurak xoxishga xam karash kerak! menga xam musika eshitish yordam beradi,unda men xamma fiqrlarimni bir joyga yigoliman.
Men o’ylayman eng muhimi bunday vaziyatlarda shoshilmaslik!!!!
mening bugungi tanlovim ertangi kunga tasir qilishi bu aniq fakt. bizning bugungi tanloviz nafaqat bizga balki keljak avlodga hayotini ham belgilaydi.
Nodir bizning qarorimiz kelajak avlodga tasir qiladi debsiz. Nimaga asoslanib bunday deyapsiz?
Madina chunki man bugub qanday qaror qilsam, bu mani farzandimga tasir qiladi. Mani farzandimga ta’sir qilsa bu ertaga mani neveramga ham ta’sir qiladi degani.
Муаллиф: feruza – January 27, 2013 xa togri qiyinchiliklar buladi,ularsiz tog’ri qaror qilish qiyin )))
To’g’ri mening ertangi kelajagim bu mening tanlovim. Men ham guli aytganidek tinch joylarda sokin musiqalar tinglayman….
Bu mening ertangi kelajagim…
Shaxrizoda aytganidek men ham sokin musiqalar tinglayman
Bu mening ertangi kelajagim rejasidan biri
Жуда яхши ёзилган
Juda to’g’ri