Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila

Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila

Asrlar davomida bu oilalar o‘z kapitalini va jahon tarixiga ta’sirini oshirib kelmoqda. Ularning familiyasi cheksiz kuch va ulkan boylik timsoliga aylandi. Ammo ularning hammasi ham Forbes ro‘yxatining yuqori qatorlarida ko‘rinmaydi, ularning boyliklari tarixi sir bilan qoplangan va ko‘plab afsonalar bilan berkitilgan. Ularning fikricha, katta boylik sukunatni yoqtiradi.

Rokfellerlar oilasi

Oila boyligi: taxminan 2,5 trillion dollar

AQSHga ko‘chib kelgan etnik nemislarning avlodlari XIX asr oxirida insoniyat tarixidagi birinchi milliarder Jon Rokfeller tufayli mashhur bo‘ldi. Jon 16 yoshidanoq buxgalter yordamchisi bo‘lib ishlay boshlagan. 1857-yilda ishini tashlab, don, go‘sht, pichan va boshqa tovarlar savdosi bilan shug‘ullanadigan kompaniyaga kichik sherik bo‘ladi. Shtatlarda davom etgan fuqarolik urushida armiyani ta’minlash uchun hukumat buyurtmalari asosida ishlab chiqarish uning kapitalini ko‘payishiga yordam beradi. 1870-yilda u Standard Oil kompaniyasiga asos soladi va neft sanoatiga e’tibor qaratadi. 10 yil ichida AQSH neft qazib olishning 95 foizi Jon Rokfeller qo‘lida to‘planadi. Uning kompaniyasi narxlarni belgilashni va oilaning boyligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

XX asrda Rokfeller sulolasining faoliyati oziq-ovqat, muhandislik, sanoat, sug‘urta va moliya sohalarigacha kengayadi. XX asr boshlari va o‘rtalaridagi urush davrida Rokfellerlar nemis tomoniga ham, ittifoqchilar koalitsiyasiga ham homiylik qilish orqali kapitallarini ko‘paytirib oladi.

Jon Rokfeller vafotidan keyin uning yagona o‘g‘li kichik Jon Rokfeller oilaviy biznesni davom ettiradi. 1913-yilda kichik Jon Rokfellerning qaynotasi — senator Nelson Oldrich AQSH Kongressida tijorat banklari tizimini nazorat qiluvchi va milliy valyutani muomalaga chiqaradigan Markaziy bank yaratish g‘oyasini ilgari suradi. Oldrich magnat bilan qarindoshlik aloqalari va bir guruh yirik amerikalik bankirlar bilan yaqin munosabatda bo‘lganlikda ayblanishiga qaramay, o‘z rejasini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ladi. Hozirda Federal zaxira tizimi (FRS) deb nomlanuvchi ushbu loyiha zaxira banklari tarmog‘iga ega bo‘lgan mustaqil federal agentlik bo‘lib, shtat va AQSH prezidentiga bo‘ysunmaydi.

Kichik Jon Rokfellerning besh nabirasi ham klanning jahon sahnasidagi mavqeyini mustahkamladi. Nelson Rokfeller oila manfaatlari uchun lobbistlik qiladi va mamlakatning davlat manfaatlarini nazorat qilib, Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti bo‘ladi. 70-yillarning o‘rtalaridan boshlab klanni Devid Rokfeller boshqaradi, u sulolaning moliyaviy ishlariga mas’ul edi.

Rokfellerlar boyligining asosiy siri — oilaviy kapitalni tashkil etishda. Ularning tuzilmalarining barcha elementlari, ba’zi avtonomiyalarga qaramay, bir-biriga bog‘langan. Oilaning oilaviy fondi, xayriya fondlari va trestlari (xususiy oilaviy fondlar) mavjud. Ya’ni hatto eng dangasa merosxo‘rlar ham asosiy ajralmas mulk mavjudligi sababli Rokfellerning boyligini behuda sarflay olmaydi.

Devid Rokfeller G‘arb elitasining mashhur Bilderberg klubi asoschisi va faxriy rahbari sayyoramizning asosiy globalisti hisoblangan. Devid Rokfeller 2017-yilning 20-martida 101 yoshida vafot etadi. U uzoq muddatli tarixiy loyihalarni ilgari surdi — jumladan, ekologik halokat va tabiiy resurslar tugashining oldini olish, tug‘ilishni cheklash va Yer aholisini kamaytirish kabi.

Hozirda Rokfellerlar klani moliyaviy sektorni ham, neft sanoatini ham, shuningdek, millatlararo tuzilmalarni (masalan, BMT, BRICS, NATO, Bilderberg va boshqalarni) qamrab oluvchi nufuzli tarmoqdir.

Rotshildlar oilasi

Oila boshlig‘i: Mayer Amshel Rotshild (1744-1812, 68 yil yashagan)

Sof boyligi: taxminan 3,2 trillion dollar.

Dunyodagi eng badavlat oila asoschisi Mayer Amshel Germaniyada pul almashtiruvchi (sarrof) yahudiy muhojir oilasida tug‘ilgan. Otasining do‘koni Frankfurt-na-Mayndagi gettoda joylashgan bo‘lib, burgut tasvirlangan “Rot Shild” (nemis tilida “qizil qalqon”) savdo belgisi ostida ishlagan.

12 yoshida otasi Mayerni Gannoverga Oppengeymer bankiga o‘qishga yuboradi. 16 yoshida o‘g‘li o‘qishini tugatib, marhum otasining do‘konida tanga va medallarni almashtirish va sotish biznesini davom ettiradi. Va shu yerda nemis knyazligining biri boshqasiga tangalarni almashtirish xizmatlarini ko‘rsatadigan birinchi bankni ochadi. Mayer Amshel Rotshild misli ko‘rilmagan ziyraklik va nihoyatda o‘tkir aqli bilan tezda muvaffaqiyatga erishadi. U Angliyadan Yevropaga pul emas, paxta va jun jo‘natib, o‘ta qimmat narxlarda sotish orqali mamlakatga valyuta olib kirish yo‘lini o‘ylab topadi. Shunday qilib, har bir mamlakatda hisob-kitoblar mahalliy valyutada amalga oshiriladi va valyuta kursi Rotshild uchun qulaylik yaratadi.

20 yoshida Rotshild Gessen-Kassel knyazlik uyini tangalar bilan ta’minlay boshlaydi, 5 yil o‘tgach uy boshlig‘i Vilgelm IX Rotshildni shaxsiy bankiri etib tayinlaydi. Keyingi yillarda Rotshild ish beruvchining boyligini ko‘paytirish bilan birga o‘z boyligi haqida ham unutmaydi.

27 yoshida Mayer Amshel sudxo‘rning qiziga uylanadi. Mazkur nikohdan 5 o‘g‘il va 5 qiz tug‘iladi. Mayer Amshel o‘g‘illariga bank ishlarini o‘rgatadi va ularni Rotshild bankining filiallarini ochish uchun Yevropaning turli burchaklariga yuboradi. Rotshildlar London, Vena, Parij, Neapolni qamrab oladi, to‘ng‘ich o‘g‘li o‘zi tug‘ilgan Frankfurt shahrida oilaviy biznesni boshqaradi. O‘g‘illari filiallarni boshqarayotganda Rotshildning qizlari hujjat ishlari bilan shug‘ullanadi.

Sulola ajdodi oilaviy kapitalni qanday saqlab qolishni eng mayda detallarigacha o‘ylab chiqadi. Buning uchun barcha nikohlar yoki oila ichida bo‘lishi (amakilar jiyanlariga uylanadi, amakivachchalar va ularning bolalari turmush quradi va hokazo) yoki badavlat oilaning qizini kelin qilish kerak edi. Shu bilan birga, kuyovlarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga ruxsat berilmasdi, ular faqat yollangan xodimlar — menejer, ishchi va xizmatchi sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan.

Shu tariqa oilaviy bankirlar hukmdorlar va davlatlarga bog‘liq bo‘lmagan kuchli moliyaviy tizimga aylanadi.

1810-yilda oila “M. A. Rothschild und Söhne” (“Mayer Amshel Rotshild va o‘g‘illari”) kompaniyasiga asos soladi, bu kompaniya bugungi kunda ham gullab-yashnamoqda. XIX asr boshlarida Rotshild banki nafaqat jismoniy shaxslarga, balki butun shtatlarga ham kredit bera boshlaydi. 1818-yilda Rotshildlar Prussiyaga 5 million funt sterling qarz beradi, 1826-yilda esa Londonning Rotshild banki Angliya Milliy bankiga kredit berib, mamlakatda yuzaga kelayotgan likvidlik inqirozining oldini oladi.

1812-yilda vafot etgan Mayer Amshel Rotshild o‘z merosxo‘rlariga vasiyatnoma qoldiradi, unda u oilaviy biznesni keyingi boshqarish tamoyillarini batafsil bayon qilgandi. Vasiyatnomaga avlodlari qat’iy rioya qilishlari kerak bo‘lgan qoidalar to‘plami kiritilgan (ular 200 yildan beri shu qoidalarga amal qilishadi). Qoidalardan birida kuyovlar va qizlarning avlodlari Rothschild & Sons kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo‘qligi yozilgan. Bu haqda Amshel shunday deb yozgan:

“Qizlarim, kuyovlarim va ularning merosxo‘rlari mavjud M. A. Rothschild und Söhne kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo‘q, shuningdek, ular yuqorida aytib o‘tilgan kompaniya ishlari, uning hisob-kitoblari, qog‘ozlari, reestrlariga ham aralashmaydi. Farzandlarim otasining vasiyatiga qarshi bo‘lib, o‘g‘illarimning jimgina savdo qilishiga to‘sqinlik qilsalar, ularni hech qachon kechirmayman”.

otshildlar necha asrlardan beri elita qatlamida kamtarligi bilan ajralib turadi. Ular boyligi bilan maqtanmaydi — katta pul sukunatni yaxshi ko‘radi. Oilaviy gerbda ham: “Concordia, Integritas, Industria” (Rozilik, birlik, mehnatsevarlik) shiori yozilgan. Ommaviy kompaniya emas, balki xususiy oilaviy biznes sifatida Rotshild kompaniyasi o‘zining haqiqiy sof qiymatini oshkor qilmaslik imkoniyatiga ega.

Aytgancha, Rotshildlar yaqinda mashhur mehmonxonalar tarmog‘ining asoschisi va merosxo‘rlari bo‘lgan Xiltonlar bilan qarindosh bo‘lishdi. Peris Xiltonning singlisi va mehmonxonalar tarmog‘i asoschisining nabirasi — Nikki Xilton Jeyms Rotshildga turmushga chiqdi. 32 yoshli bankir va milliarder Jeyms Amshel Viktor Rotshild — Mayer Amshel Rotshildning to‘g‘ridan-to‘g‘ri merosxo‘ri bo‘lib, u oilaning 8-avlodi hisoblanadi.

Baruxlar oilasi

Oila boshlig‘i: Bernard Mannes Barux (1870-1965, 94 yil yashagan)

Boyligi: O‘limi oldidan Bernard Baruxning o‘zi 1 trillion dollar boylikka ega edi. Hozir oilaning kapitali va tarkibi, shuningdek, davlat merosxo‘rlari va boshqaruvchilarining ismlari oshkor etilmagan.

Taniqli tarixchi Andrey Fursovning fikricha, jahon reytingida aynan Baruxlar oilasi 1-o‘rinni egallaydi.

“Ehtimol, ularning moliyaviy ahvoli Rotshildlar, Rokfellerlarnikidek emasdir. — deb hisoblaydi ekspert. — Ammo ularning dunyo bo‘yicha mavqeyi ancha yuqori va jiddiyroq. Aynan ular 1613-yilda bundan roppa-rosa 400 yil oldin tashkil topgan banklar otasi — Standard Chartered Bank’ka asos solgan”.

Bernard Barux 1870-yilda kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan nemis muhojiri oilasida tug‘ilgan. Uning otasi shifokor bo‘lib, Bernarddan tashqari yana 4 o‘g‘li bor edi. Bernard Siti kollejini tamomlagach, Nyu-York fond birjasida ishlay boshlaydi. 1903-yilda o‘zining brokerlik kompaniyasiga asos soladi. Bernard Barux 33 yoshida afsonaviy shaxsga aylanadi. Birinchidan, u muvaffaqiyatli brokerlik biznesi tufayli allaqachon millioner edi. Ikkinchidan, o‘zining brokerlik biznesini trast kompaniyalariga qo‘shilmagan holda boshqaradi va buning uchun “Uoll-stritlik yolg‘iz bo‘ri” laqabini oladi.

Bu xotirjam, jilmayib turgan yigit, shubhasiz, daho edi. U Qo‘shma Shtatlardagi cheksiz inqirozlar bo‘layotgan paytda kapitalini oshiradi. Kapitalning hokimiyat bilan o‘zaro ta’sirida Barux jahon jarayonlariga ta’sir qilish imkoniyatini ko‘radi, shuning uchun 1912-yilda u AQSHning bo‘lajak prezidenti Vudro Vilsonning saylovoldi kampaniyasiga homiylik qilishni zimmasiga oladi. Minnatdorlik sifatida u Milliy mudofaa vazirligi lavozimiga tayinlanadi. Asta-sekin milliy siyosat va iqtisodiyotning eng muhim masalalari bo‘yicha qarorlar Barux qo‘lida to‘planadi.

Uilsondan boshlab, Bernard Barux o‘z faoliyati davomida beshta Amerika prezidentining maslahatchisi va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning qadrdon do‘sti bo‘lgan. Barux atom bombasini yaratish loyihasini boshqargan, AQSH Federal rezerv tizimining hammuallifi bo‘lgan, urushdan keyin u “Xalqaro hukumat”ni yaratishni rejalashtirgan. Aynan u “sovuq urush” tushunchasini siyosatga kiritgan, keyinchalik Cherchill undan foydalangan. Uning sharofati bilan dollar urushdan keyin jahonning zaxira valyutasiga aylanadi. Bernard Barux butun umri davomida Oq uyning haqiqiy kulrang kardinali edi.

Bu g‘ayrioddiy shaxs haqida yana bir qancha ajoyib faktlar bor. Bernard Barux kirishimli bo‘lib, odamlardan o‘zini olib qochmagan. U Nyu-York va Vashingtonning markaziy bog‘larida sayr qilishni, aholi va askarlar bilan suhbatlashishni, ularning mamlakatdagi vaziyat va umuman hayot haqidagi fikrlarini bilishni yaxshi ko‘rgan. O‘sha paytdagi Yer yuzidagi eng boy odam, jahon tarixidagi nufuzli shaxs oddiy odamlardek tan soqchilarsiz yurgan. Shuningdek, eng boy odamlarning rasmiy ro‘yxatida bo‘lmagan.

Barux keksalikka qadar biznes bilan shaxsan o‘zi shug‘ullangan. Umrining oxiriga kelib aktivlar ko‘rinishidagi shaxsiy boyligi trillion dollarga yetadi. Bernard Barux tomonidan boshqariladigan Standard Chartered Bank 400 yil avval tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi eng yaxshi moliyaviy institutlar reytingida ham ko‘rinmaydi. Shunday bo‘lsa-da u butun dunyo moliyaviy faoliyatini qamrab oladi va dunyodagi barcha hisob-kitoblarni nazorat qiladi.

1965-yilda Bernard Barux Nyu-York chekkasidagi qabristonga — rafiqasi yoniga dafn qilinadi. Uning qabriga oddiygina plita qo‘yilgan —- na baland to‘siqlar, na dabdabali yodgorliklar. Matbuotda uning farzandlari, nabiralari, chevaralari hayoti va faoliyati yoritilmaydi. Baruxning dafn marosimidan ham fotosuratlar yo‘q, agar bo‘lganda uning kelajakdagi vorislarini ko‘rish mumkin bo‘lardi.

Vindzorlar oilasi

Oila boshlig‘i: Georg V (1865–1936, 70 yil yashagan, 1910–1936 yillarda hukmronlik qilgan), Yelizaveta II (1926, 96 yoshda vafot etgan, Buyuk Britaniya qirolichasi 1952-yildan 2022-yilgacha hukmronlik qilgan).

Boyligi: The Guardian qirolicha Yelizaveta II ning shaxsiy boyligini 4,45 milliard funt sterlingga baholaydi. Monarxlar 1894-yilda joriy etilgan meros solig‘ini to‘lamaydi. Masalan, Lankaster gersogligi an’anaviy ravishda 1399-yildan beri Buyuk Britaniya qirollari uchun daromad manbai bo‘lib kelgan. Shuningdek, ular London va Buyuk Britaniyadagi ko‘chmas mulkdan daromad olishadi. Britaniya qirolichasining AQSH va Shveysariyada ko‘chmas mulki bor.

Vindzorlar yoki Buyuk Britaniya qirollik oilasi o‘tgan va hozirgi asrdagi eng mashhur hamda nufuzli oilalardan biridir. Vindzor uyi 1910-yilda qirol Georg V tomonidan vatanparvarlik maqsadida tashkil etilgan — Birinchi jahon urushi davrida Saksen-Koburg-Got sulolasining eski nemischa nomi shu nomga almashtirilgan — bu sulola 1066-yildan beri Britaniya taxtini egallab kelgan. Boshqa shtatlarda Saksen-Koburg-Got sulolasi vakillari Belgiyada (1831-yildan), Portugaliyada (1910-yilgacha), Bolgariyada (1946-yilgacha) hukmronlik qilgan. Konstantin Pavlovichning rafiqasi (Rossiya imperatori Pavel I ning o‘g‘li) Anna Fyodorovna ham ushbu sulolaning vakili bo‘lib, birinchi Belgiya qiroli Leopoldning singlisi va Britaniya qirolichasi Viktoriyaning xolasi edi.

Yelizaveta II Britaniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarxdir. U 1952-yilda toj kiygan, 2015-yilda esa qirolicha Viktoriya rekordini yangilagan, ya’ni 70 yil hukmronlik qilgan. Aslida Yelizaveta taxt vorislari ichida uchinchi o‘rinda bo‘lib, malika bo‘lish ehtimoli juda past bo‘lgan. 1936-yilda bobosi vafot etganidan so‘ng, uning o‘g‘li va amakisi Edvard VIII taxtdan voz kechadi. Natijada otasi Georg VI qirol, Yelizaveta esa merosxo‘rga aylanadi.

Buyuk Britaniyada mutlaq monarxiya bekor qilinganiga qaramay, sulolaning hukmron vakili davlat, qurolli kuchlar va Anglikan cherkovi boshlig‘i bo‘lib qoladi. U boshqa mamlakatlar rahbarlarini qabul qiladi, davlat tashriflarini amalga oshiradi, ichki va tashqi siyosatga faol ta’sir ko‘rsatishda davom etadi. Shunday qilib, Britaniyaning barcha bosh vazirlari muntazam ravishda qirolicha bilan uchrashib, iqtisodiy va siyosiy muammolarni muhokama qilishadi. Shuningdek, qirolicha parlamentdagi taxt oldida nutq so‘zlab, hukumatning kelgusi yil uchun harakat dasturini e’lon qiladi.

Taxtga vorislikning an’anaviy qoidalariga ko‘ra, Vindzor sulolasi Yelizaveta II bilan tugashi kerak edi — chunki uning avlodlari erkak avlodini, ya’ni eri shahzoda Filipp sulolasini davom ettirmoqda. Ammo 1952-yilda qirolicha uning merosxo‘rlari ham Vindzorlar bo‘lishini tantanali ravishda e’lon qiladi.

2002-yilda xalq orasida qirolicha o‘g‘li shahzoda Charlz foydasiga taxtdan voz kechmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar tarqaladi. Ammo Yelizaveta II o‘zining taxtdagi nutqida bunday bo‘lmasligini ma’lum qilgan holda: “12 nafar bosh vazir bilan biror masalani muhokama qilish va 3,5 mingta qonunni imzolash yoqimli burch” ekanini qo‘shimcha qiladi.

Har qanday siyosatchi qirolichaning reytingiga havas qilgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, 2016-yilning aprel oyida fuqarolarning qirolicha Yelizaveta II ga ishonch darajasi 74 foizni tashkil qilgan. Ammo 90-yillarda, shahzoda Charlzning Britaniya jamiyatining sevimlisi malika Diana bilan ajrashishi paytida bu ko‘rsatkich pasayib ketadi. Aytishlaricha, qirolicha “xalq malikasi”ning muvaffaqiyatiga hasad qilgan, shuning uchun hanuzgacha Diananing fojiali o‘limida “qirollik oilasi aybi”ni 20 yildan beri qidirib kelishmoqda.

Hozirda ham uzoq vaqt hukmronlik qilgan qirolicha inglizlar tomonidan barqarorlikning asosiy ramzi sifatida hurmatga sazovor. Uning nabiralari — shahzoda Uilyam va Garri ham jamiyat ichida mashhur. Diana tomonidan belgilangan “xalqqa yaqinroq” tendensiyaga o‘g‘illari to‘liq amal qiladi. Uilyamning rafiqasi Keyt Middlton esa doimo Dianaga taqlid qilishga harakat qiladi. 2011-yilda ularning to‘yi translyatsiyasini butun dunyo bo‘ylab 2 milliard odam tomosha qilgan, shahzoda Garri va Megan Marklning to‘yini esa 500 million kishi jonli efirda ko‘rgan.

Vindzor sulolasining ta’siri va mashhurligining siri — ularning o‘z ona yurtlari bilan ko‘p asrlik aloqalarini anglashlarida. Qirollik merosxo‘rlarining hech biri bema’ni turmush tarzini olib bormaydi, o‘z vatanidan kapital eksport qilishni va chet elda yashashni rejalashtirmaydi, an’analarni hurmat qiladi. Qirollik sulolasining barcha vakillari Qurolli kuchlarda xizmat qiladi, xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va o‘z fuqarolarining ijtimoiy, ekologik va boshqa dolzarb muammolarini hal qilishda faol ishtirok etadi.

Hozirda ham qirollik oilasi Buyuk Britaniyaning ramzi bo‘lib qolmoqda, Visit Britain sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, “qirollik” attraksionlari, marshrutlari va esdalik sovg‘alari tufayli mamlakat g‘aznasi har yili 500 million funt sterlingga boyiydi.

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 2022-yil 8-sentabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasridagi qarorgohida vafot etdi. Qirolicha vafotidan keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li Charlz qonun bo‘yicha yangi monarx bo‘ldi. Qirol Charlz III ning rafiqasi Kamilla Boulz-Parker ham o‘z navbatida konsort qirolichaga aylandi.

Saudlar (As-Saud) oilasi

Oila boshlig‘i: Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdul-Aziz as-Saud (1935, 88 yosh, 2015-yildan beri hukmronlik qilmoqda).

Boyligi: As-Saudlar oilasi qo‘lida ulkan neft zaxiralariga ega bo‘lgan butun bir davlat (dunyodagi neft zaxiralarining taxminan 20 foizi) mavjud. Bunday boylikka ega bo‘lgan 25 ming oila a’zosining boyligini hisoblab bo‘lmaydi. Masalan: Salmon ibn Abdul-Aziz o‘zining toj kiyish sharafiga mamlakat aholisiga 30 milliard dollar tarqatgan, mamlakatdagi infratuzilma uchun esa yana 20 milliard dollar sarflagan.

Saudlar klani mamlakatni 1932-yilda tashkil topganidan beri boshqarib keladi. Boshqa klanlar bilan davomli urushlar natijasida hokimiyatga erishgan Saudlar 200 yil davomida hududdagi turli mintaqalarning amirlari bo‘lgan. Asrlar davomida Arabiston yarimorolining bu qismi qashshoq va rivojlanmagan uchinchi dunyo davlati edi. Ammo 1938-yilda mamlakatda katta neft zaxiralari topiladi. Neft tufayli davlat — birinchi navbatda hukmron oila bir zumda tosh davridan oltin asrga qadam qo‘yadi.

Qariyb yuz yil davomida qora oltin va uni qazib olish sulolaning farovonligi va boyligiga asos bo‘lib kelgan. Bu vaqt ichida klan 25 ming kishiga yetadi, ulardan 200 nafari valiahdlardir. Taxt merosi keksa avloddan yosh avlodga emas, balki aka-ukadan aka-ukaga, shundan so‘nggina keyingi avlodga o‘tadi.

Bugungi kunda Saudiya Arabistoni OPEKning asosiy davlatidir. Uning 75 foiz budjeti neft eksportidan iborat. Saudlar mamlakatda mutlaq hokimiyatga ega dunyodagi yagona qirollik oilasi hisoblanadi. Hukumat va mintaqalardagi barcha muhim lavozimlar qirol oilasi a’zolariga tegishli bo‘lib, qirol tomonidan tayinlanadi. Mamlakatda hech qachon saylovlar o‘tkazilmagan, faqat 2005-yilda — mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bo‘lib o‘tgan. Shu bilan birga, aholining juda kichik qismigina ovoz berishi mumkin (masalan, ayollarga taqiqlangan). Saudlar mamlakat ichida istalgan lavozimni egallashi, istalgan ishga imtihonsiz olinishi mumkin.

Saudiya Arabistonida teokratik monarxiya o‘rnatilgan, bu yerda butun tartib islom diniy me’yorlariga bo‘ysunadi. Masalan, o‘yin-kulgining barcha turlari, spirtli ichimliklar taqiqlangan, ayollar o‘z tanalarini va yuzlarini maxsus kiyim (burqa) ostida yashirishlari shart. Ommaviy qatllar ham ham bekor qilinmagan.

Qirol oilasida muntazam ravishda taxt uchun kurash masalasida nizolar kelib chiqadi. 1975-yilda aholining ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yishi bilan tanilgan qirol Faysal ibn Abdul-Aziz As-Saud jiyani tomonidan otib o‘ldiriladi. Yigit aybdor deb topilib, boshi kesiladi. 1977-yilda keyingi qirol Xolidning jiyani malika Mishaal bintu Fahd as-Saud Saudiya Arabistonining Livandagi elchisining o‘g‘li bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda ayblanadi. Malika otib o‘ldiriladi (qatlni qizning bobosi amalga oshirgan), elchining o‘g‘li esa boshidan judo qilinadi.

Katta boylik oilaning ba’zi a’zolarini to‘g‘ri yo‘ldan ozdirgan ham. Ammo ular har qanday jazodan osongina qochishadi. 2004-yilda shahzoda Nayif ibn Fovaz Al Shelaan shaxsiy samolyotida Kolumbiyadan Yevropaga 2 tonnagacha kokain olib kirishga harakat qildi. Fransiya politsiyasi shahzodani hibsga olganida, As-Saud aralashib, jinoyatchini zudlik bilan ozod qilishni buyuradi — yo‘qsa Fransiya bilan hamkorlikni to‘xtatish bilan tahdid qiladi. Natijada shahzoda uyiga sog‘-salomat qaytadi.

As-Saudlarning avlodlari boylik orttirish va injiqliklardan tashqari, xalqaro loyihalarga, qurilish va kimyo sanoatiga sarmoya kiritadi, chet elda ko‘chmas mulk sotib oladi va dunyodagi eng yaxshi universitetlarda nufuzli ta’lim oladi.

2015-yilda saudlardan biri shahzoda al-Valid ibn Talal ibn Abdulaziz shaxsiy boyligining hammasi – 32 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ini xayriya ishlariga sarflashini ma’lum qilgandi.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Oxooo zorkuuu ajoyib xayriya ham qilmoqchi ekanlar ajoyib shunday insonlar koʻpaysin ❤️❤️❤️❤️ ularga omad tilayman ❤️

  2. Тимур

    Була хакикатанам дунёни бошкарамикан?

  3. Rokfellarni va Britaniyaniki bilardim, qoganlani tanimiman

  4. Uh… qiziq bu narsalar

  5. Samiraxon

    cry

  6. Bomagan gapla

  7. Shulaga mazza, tugilishi bilan boy…

  8. Hm…

  9. Nizomiddin

    unknw

  10. Qizu qizu a tak

  11. Yaxshi raxmat

  12. Qiziq malumotlar

  13. Surayyo

    Juda qiziq ekan

  14. Juda foydali malumotlar

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social