«Futbol bilan xayrlashish fursati yetdi». Zlatan Ibrahimovich faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

«Futbol bilan xayrlashish fursati yetdi». Zlatan Ibrahimovich faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

A Seriya 38-turi doirasidagi «Milan» – «Verona» (3:1) o‘yinidan keyin «rossonerlar» bilan xayrlashuvi e’lon qilingan Zlatan Ibrahimovich «San-Siro»dagi xayrlashuv nutqida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ma’lum qildi.

«Butun umr «Milan» muxlisi bo‘lib qolaman. Hozirgi holatda hayajon kuchli, nafas olishim ham qiyin, ammo hammasi joyida. «San-Siro»dan shunchalik ko‘p xotiralar qolayaptiki… Boshida u menga mehr berdi, keyin esa – baxt.

Oilamga sabr uchun rahmat deyman. Ikkinchi oilam – o‘yinchilar, murabbiylar, xodimlardan ham minnatdorman. Muxlislarga ham chin yurakdan tashakkurimni bildiraman. Futbol bilan xayrlashish fursati yetdi, ammo siz bilan emas», – deydi 41 yoshli shvetsiyalik hujumchi.

Ma’lumot uchun, Zlatan professional faoliyatini 1999 yilda boshlagan. U «Milan»dan tashqari, «Malme», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Los-Andjyeles Gelaksi» klublari sharafini himoya qilgan.

Ibrahimovich Shvetsiya safida 122 o‘yinda 62ta gol muallifiga aylangan – bu milliy jamoadagi rekord sanaladi.

Avvalroq, Ibrahimovich futbolchilik faoliyatini yakunlamasligi, keyingi mavsum «Milan»dan «Monsa»ga o‘tishi kutilayotgani haqida xabarlar yangragan edi.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Легенда!

  2. Yaxwi odamga uxwidi

  3. Shuncha yoshgacha o’ynab, ko’p narsalani yutdi!

  4. Ibra heart

  5. Juda gozal karyeraga ega boldi!

  6. Kurib an4a yigladim.

  7. Legenda

  8. Jamshid

    sad

  9. Xurshidbek

    Zlatan haqiqiy legenda!

  10. Messiyam Amerikaga ketvordi cry

  11. Тимур

    Маколаям чикди сиз этганиздан кейин rofl

  12. Omad kelajakda!

  13. Dam osin endi mazza qilib

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social