Hozirgi kunga kelib internet va texnologiya hayotimizga chuqurroq kirib kelmoqda va bizga odat bo`lib qolgan buyumlarning deyarli barchasi “aqlliroq” bo`lib shakllanmoqda. Shu kunlarda Las Vegas shahrida bo`lib o`tayotgan CES Halqaro elektronika va texnologiya ko`rgazmasida yangi va xilma-xil turdagi texnologiyalar tanishtirilmoqda.
Sleep Number kompaniya SleepIQ texnologiyadagi Advanced Dual Air x12 “aqlli” krovatni taqdim etdi. Krovat qiymati 8000 dollar bo`lib, u ovoz bilan boshqariladi va o`z foydalanuvchilarining nafas olishini, harakatlarini va yurak maromi haqidagi ma`lumotni to`playdi. Ushbu dastur uyqu sifatini hisoblab va shundan so`ng qanday uni yaxshilash mumkinligi haqida maslahatlar beradi.
Heapsylon kompaniyasi ko`rgazmada “aqlli” fitnes-paypoqni taqdim etdi. Sensoria Fitness biometrik ma`lumotlarni olib va keyin uni jo`natishga imkoniyat beradi, masalan, og`irlikni yo`qolishi, hamda qanday qilib jarohatlar olishni pasaytirish yoki sifatli va foydali mashg`ulotlar haqida maslahatlar beradi.
CES 2014 ko`rgazmada hattoki qanday qilib oddiygina eshik qo`ng`irog`ini yaxshilash mumkinligini ko`rsatib berishdi. DoorBot Wi-Fi ga o`lanadi va sizga xozir eshikga kim ko`ng`iroq chalgani haqida habar beradi. Oila a`zolari maxsus ilovani o`rnatib (iOS va Android) va nafaqat kim mehmonga kelganligi haqida habar olishni, balki yana uni ko`rishni va gaplashish imkoniyatiga ega bo`lishadilar. Bu juda qulay, to`g`rimi?
Kolibree tish cho`tkasi ham qiziq gadjet deb hisoblanadi. Ushbu maxsulotning g`oyasi tish tozalashni qisqa vaqt oraliqda qilish emas, balki “aqlli” yo`l bilandir. Tish cho`tkaga maxsus datchiklar o`rnatilgan bo`lib, ular maxsus ilova orqali (iOS va Android) tish tozalash sifatini, tozalash oralig`idagi vaqtni sanash va hattoki qaysi joylarga foydalanuvchi e`tibor qaratmayotganligi haqida ma`lumot beradi.
Voy bo”, paypoqqa gap yoq lekin))
Qoyilmaqomku!
intel sd komputerini ham bo’lishi kerak edi menimcha
xa ko’p yangiliklar chikkan ekan!