Amerika kosmik agentligi NASA zondi Dimorf asteroidiga urildi. Samoviy jismning traektoriyasini o’zgartirishga va sayyoralarni himoya qilish mexanizmini ishlab chiqishga, bu insoniyatning birinchi urinishidir.
To‘qnashuv dushanba kuni GMT bilan roppa-rosa 23:14 da (Toshkent vaqti bilan 4:14) sodir bo‘lgan. Zondning parvozi jonli efirda namoyish etildi.
NASA ilmiy eksperiment doirasida samoviy jismning traektoriyasini kosmik zond bilan urib o‘zgartirish mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlamoqchi.
NASA missiyasini boshqarayotgan Jons Xopkins universiteti amaliy fizika laboratoriyasidan doktor Nensi Chabot tushuntiradi: “DART – bu asteroid bilan to’qnashgan kosmik kemani kosmosdagi o’rnini biroz o’zgartirish uchun ko’rsatadigan birinchi sayyoraviy mudofaa sinovi”. Agar kerak bo’lsa, Yer bilan to’qnashuvning oldini olish uchun asteroidga ozgina turtki berish va kelajakda uning kosmosdagi o’rnini o’zgartirish uchun yillar oldin bajarilishi kerak.
Buning uchun diametri taxminan 780 metr bo’lgan Yerga yaqin asteroid Didim va uning sun’iy yo’ldoshi 163 metrli Dimorf tanlangan. Asteroidlarning hech biri sayyoraga tahdid solmaydi.
Double Asteroid Redirection Test (DART) missiyasi 570 kilogrammli kemani diametri taxminan 160 metr bo‘lgan Dimorf tomon 20 000 km/soatdan yuqori tezlikda yubordi.
Zondning Dimorf bilan to‘qnashuvi uning kattaroq Didim asteroidi atrofida aylanib yuradigan orbitasini o‘zgartirishi kerak.
Dimorfning orbitasi “foizning bir qismiga” og’ishi kerak. Kelgusi haftalar va oylarda olimlar missiya muvaffaqiyatli bo’lganligini aniqlashlari kerak.
Баракалла!
Nasaga qoyil qoliw kere
Yaqinda Marsgayam u4amiz
Ilon Mask bilan