Devid Bekhem o‘g‘lining to‘yiga Jaguar XK120 elektromobilini sovg‘a qildi

Devid Bekhem o‘g‘lining to‘yiga Jaguar XK120 elektromobilini sovg‘a qildi

Britaniyalik sobiq futbolchi Devid Bekhem o‘g‘li Bruklin aktrisa va model Nikola Peltsga uylanishi munosabati bilan unga hashamatli sovg‘ani topshirdi. Yosh kelin-kuyon elektr dvigatel o‘rnatilgan, Lunaz Design startapi tomonidan qayta tiklangan Jaguar XK140 ga ega bo‘ldi. Yorqin ko‘k rangli rodster narxi 545 ming dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi “Motor”.

1954-yilda ishlab chiqarilgan Jaguar XK140 to‘liq restavratsiyadan o‘tgan, och sariq rangli saloni buyurtmachining xohishiga ko‘ra qayta tiklangan. Bekhem mashina kuzoviga yoshlarning ismlarini bosh harflari tushirilgan beyjikni joylashtirishni so‘ragan.

Ma’lum qilinishicha, Lunaz tomonidan restavratsiya qilinadigan barcha klassik avtomobillar yangi dvigatel o‘rnatilishidan oldin 3D-skanerdan o‘tkaziladi. Restomodlar umumiy quvvati 375 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatelga, shuningdek, yangi “podveska”, tormoz va rul boshqaruviga ega bo‘ladi. Batareyalarning sig‘imi o‘zgarib turadi, biroq barcha modellar CCS razyomi orqali tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, elektrlashtirilgan avtomobillar zamonaviy o‘ziga xosliklar bilan jihozlanadi, masalan, kruiz-nazorat va multimedia tizimi.

Lunaz Design “menyu”sida XK140 dan tashqari Rolls-Royce Phantom V va Silver Cloud, Bentley Continental Flying Spur, Range Rover hamda Aston Martin DB6 ham o‘rin olgan.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ibrohim

    Devid meni otam bul rofl

  2. A A

    zur yes

  3. Alisher

    manga oddiy teslayam yetardi rofl

  4. Tohir

    shunday otalar 6payib borsin!

  5. Davron

    barakalla Devid!

  6. Beckham

    hamma joyda wu haqida yoziwibti, sovga qibmanda, nima bupti endi rofl

  7. Ozoda

    qizi bomi? qizi buliwim mumkin laugh

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social