Iphone da olingan top 10 makro suratlar

Iphone da olingan top 10 makro suratlar

Shu yilning yanvar oyida Apple o‘zining Shot on iPhone tanlovini e’lon qilgan edi. Musoboqa qoidalariga ko‘ra, iPhone 13 Pro va Pro Max egalari suratlarni smartfonning makro (yaqinroq) rejimida olishlari kerak bo‘lgan. Uzoq davom etgan saralashlardan so‘ng, kompaniya 13-aprel kuni chellenj g‘oliblarini e’lon qildi.

Quyida top 10 suratlarni ko‘rishingiz mumkin:

Gvido Kassanelli tomonidan “Dengiz oynasi”. Buyenos-Ayres, Argentina

Marko Koletta tomonidan “G‘or”. Taranto, Italiya

Prajval Chougule tomonidan “Tabiatdagi san’at”. Kolxapur, Maharashtra, Hindiston

Daniyel Olah tomonidan “Bir tomchi erkinlik”. Budapesht, Vengriya

“Yaproq yoritilishi” Trevor Kollinz tomonidan. Boston, AQSh

“Sodadagi qulupnay” Eshli Li tomonidan. San-Fransisko, AQSh

“Vulkanik lava” Abhik Mondal tomonidan. New Milford, New Jersey, Amerika Qo‘shma Shtatlari

“Asal uyasi” Tom Rivz tomonidan. Nyu-York shahri, AQSh

“Yashirin marvarid” Jirasak Panpiansin tomonidan. Chaiyaphum shahri, Tailand

“Yakuniy gullash” Hojison tomonidan. Chongqing, Xitoy

iPhone 13 Pro liniyasi iPhone smartfonlaridagi eng ilg‘or kamera tizimiga ega bo‘lib, u foydalanuvchilarga aniq va ajoyib makro tasvirlarni olish imkonini yaratadi. G‘oliblarning suratlari makro rejimda suratga olishning go‘zalligini, uning oddiy narsalarni g‘ayrioddiyga aylantirish va mayda narsalarni katta ko‘rinishida suratga olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Suratlarda o‘rgimchak to‘ridagi shudring tomchilari, itning sochlaridagi qor parchalari, gibiskus guli va mayda sodali suv pufakchalariga botgan qulupnay kabi oddiy ko‘z bilan e’tibordan chetda qolishi mumkin bo‘lgan ajoyib tabiat suratlarini ko‘rish mumkin.

Apple’ning press-relizi sahifasida suratlar haqidagi hakamlar fikrlari tanishishingiz yoki rasmlarning original nusxalarini yuklab olishingiz mumkin.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. MR

    telefonda wunday rasmla qibbularkanmi?

  2. Malika

    albatta, menda ham iphone 13, zur rasmla qiladi

  3. Oybek

    Wow!

  4. Mansurov

    good zur rasmla

  5. Rustam

    odamlaga qoyil qolish kere

  6. Nizomiddin

    yaxshi yaxshi…

  7. Iroda

    kiss kiss kiss

  8. Saida

    dunyo juda guzal blum

  9. Umid

    zur

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social