Dizaynerlar “iPhone” uchun o`z maxsulotlarida cho`ntaklarni kattalashtirishadi

Dizaynerlar “iPhone” uchun o`z maxsulotlarida cho`ntaklarni kattalashtirishadi

Apple ning yangi smartfonlari katta o`lchamli bo`lgani uchun mashxur brendli djinsilarni ishlab chiqaruvchilar o`zlarining maxsulotlarini o`zgartirish haqida o`ylab qolishdi.

iPhone 6 va iPhone 6 Plus o`z foydalanuvchilarining djins cho`ntaklariga sig`magani uchun, bir necha fashion-brendlar o`z modellarini zamonaviy foydalanuvchilarning muxtojliklariga ko`ra denimdan ishlab chiqarishga tayyorligini bildirdi.

iPhone 6, iPhone 6 Plus va qolgan boshqa katta o`lchamli smartfonlarning foydalanuvchilari uchun Levi’s, Uniqlo, American Eagle, LL Bean, J Crew va Lee kabi brendlar shunday qarorga kelishdi.

Shuningdek, “fashion” biznesdagi yangi djins modellarni yaratishi uchun yangi smartfon foydalanuvchilarining internetdagi berilgan izohlari turtki bo`lgan va ushbu izohlarda foydalanuvchilar smartfonlar djins cho`ntaklariga sig`magani uchun shikoyatlar qilishdi.

Biroq hozircha yangi djins modellarini sotuvga chiqish sanasi aytib o`tilmagan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Форух

    Матндаги “махсулот” сўзи имловий қоидага кўра “маҳсулот” деб ёзилиши зарур.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social