Hozirgi kunda qurilmalarni zaryadlovchi ko’pgina ommaviy joylar mavjud emas. Dubayda bu masalani ijodiy yo’l bilan hal qilishga qaror qilishdi.
“Smart Palm” mahalliy parklarda joylashtiriladi, u quyosh energiyasidan zaryad oladi va uni to’playdi. Har bir daraxtda sakkizta zaryad nuqtasi va Wi-Fi nuqtalari mavjud bo’lib, ular har qanday yo’nalishda 100 metrgacha mavjud bo’ladi.
Shunday daraxtlarning yana 103 tasini qurish rejalashtirilmoqda. Smart Palm doimiy ravishda Wi-Fi va energiyani taqsimlash uchun mo’ljallangan. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, aqlli palma daraxtlari gadgetlarni har qanday standart zaryaddan ikki barobar tezroq zaryad qiladi.
Manba: Rambler