Dunyodagi eng qimmat 5 ta avtomobil.

Dunyodagi eng qimmat 5 ta avtomobil.

Mazkur zamonaviy avtomobillar nafaqat narxi, balki unikal xususiyatlari bilan ham hayratda qoldiradi.

Rolls-Royce Droptayl

Narxi: 30 million dollar

Avtomobil Rolls-Royce Coachbuild kesimida ishlab chiqarilgan. So‘nggi o‘n yilliklarda ommaviy ishlab chiqarishni siqib chiqargan kamyob amaliyot. Ammo Rolls-Royce o‘z an’anasini tiklashga va talabchan mijozlarga avtomobilning tashqi ko‘rinishini o‘zlari tanlashiga imkon berishga qaror qildi.

Droptail liniyasida olinadigan tomli to‘rtta katta ikki kishilik o‘rindiqli avtomobil rejalashtirilgan, ammo hozircha ularning uchtasi ishlab chiqarilgan, xolos. Birinchi model Rolls-Royce Phantom asosida yaratilgan va “La Rose Noire” deb nomlangan bo‘lib, bu fransuzchadan tarjima qilinganda “qora atirgul” ma’nosini anglatadi. U Blek Bakkara navli atirgul rangiga bo‘yalgan, bunda bo‘yoq rangi ko‘rish burchagiga qarab o‘zgaradi. Bu effektga erishish uchun 150 ta turli xil ranglarni yaratishga to‘g‘ri kelgan.

Salon va kuzovlar qo‘lda yaratilgan 1603 ta yog‘och detallar, 1070 ta simmetrik elementlar va 533 ta asimmetrik kontrast “gulbarglar”dan iborat mozaika bilan bezatilgan. Rasmni chizishga 9 oy vaqt ketgan. Mashinada ko‘plab noyob elementlar mavjud: noodatiy eshiklar, radiator panjarasining qo‘lda ishlangan parraklari, atirgulga o‘xshash dizaynga ega g‘ildirakli disklar, xronografli analog soatlar.

Kapot ostida 6,75 litrli kuchli V12 dvigateli o‘rnatilgan. 563 ot kuchiga ega bo‘lgan motor 4,97 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashishga va ravon harakatni saqlab qolgan holda deyarli 250 km/soat tezlikni oshirishga imkon beradi. Hozir bunday katta litrajli va silindrlar soni ko‘p bo‘lgan dvigatellar kamdan kam uchraydi.

Bugatti La Voiture Noire

Narxi: 19 million dollar

Model 1930-yillarda ishlab chiqarilgan to‘rtta Bugatti Type 57 SC Atlantic mashinasidan ilhomlangan. Ushbu to‘plamdagi avtomobillardan biri — La Voiture Noire (fr. “Qora mashina”) Ettor brendining asoschisining o‘g‘li Jan Bugattiga tegishli edi. Mashinani uning shaxsan o‘zi loyihalashtirgan. Janning avtomobili Ikkinchi jahon urushi paytida yo‘qolgan va uning yo‘qolishi avtomobil dunyosini hanuzgacha hayajonga solayotgan jumboqlardan biridir.

Bir necha yil davomida dunyodagi eng qimmat mashina bo‘lgan yangi modelni ham shunday nomlashga qaror qilishadi. Uning asosiy xususiyati: 8,0 litrli V16 dvigateli 1,479 ot kuchiga ega. Xuddi Chiron kabi 2,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishish imkonini beradi. Giperkarning maksimal tezligi — 420 km/soat.

Mashinaning qora kuzovi qo‘lda karbondan tayyorlangan. Oltita chiqarish quvuri va to‘lqinsimon LED stop-chiroqlari dizaynni to‘ldiradi. Model yagona nusxada mavjud.

Pagani Zonda HP Barchetta

Narxi: 17,5 million dollargacha

Pagani Zonda liniyasining birinchi avtomobili 1999-yilda paydo bo‘lgan. 8 yil ichida ishlab chiqarilgan bir nechta variantlardan so‘ng, ishlab chiqaruvchi muntazam ravishda keyingisi so‘nggisi bo‘lishini aytgan bo‘lsa ham, lekin baribir mijozlarning so‘rovlari bo‘yicha eksklyuziv mashinalarni yig‘ishda davom etdi. Shunday qilib, Pagani Zonda HP Barchetta kompaniyaning asoschisi Horatio Paganining o‘zi uchun ishlab chiqarilgan. U ushbu superkarni bir vaqtning o‘zida ikkita bayramga: 60 yoshga to‘lishi va Pagani Automobili ochilishining 20 yilligiga o‘ziga o‘zi sovg‘a qiladi. Hammasi bo‘lib 3 ta bir xil nusxa ishlab chiqarilgan, ammo ulardan biri 2022-yilda avtohalokatga uchragan, hozirda dunyoda bunday mashinalar bor-yo‘g‘i ikkita.

Alohida yengil kompozitdan yasalgan to‘liq ochiq kuzov, egiluvchan old oyna va ajoyib aerodinamika — bu eksklyuziv avtomobilning asosiy xususiyatlari hisoblanadi. U 7,3 litrli va 789 ot kuchiga ega V12 dvigateli, shuningdek, noyob mexanik olti pog‘onali uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Bularning hammasi 3,1 soatda 100 km/soat tezlikka erishish imkonini beradi.

Spyros Panopoulos Chaos

Narxi: 14 million dollar

Gretsiyaning Spyros Panopoulos Automotive kompaniyasi bu avtomobilni 2021-yilda e’lon qilgan bo‘lsa-da, hali ishlab chiqarmagan. Ammo yaqinda brend egasi ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil 2024-yilda chiqarilishi haqida e’lon qildi. Kompaniya asoschisi, ayniqsa, 3D printerda detallarni chop etish va kompozit materiallar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishgan, shuning uchun mashina chindan ham g‘ayrioddiy bo‘lishi mumkin.

Avtomobilning texnik xususiyatlari hayratlanarli: to‘liq uzatma, 4 litrli V10 benzinli dvigatel, 2.077 ot kuchiga ega Earth Version va 3.07 ot kuchiga ega Zero Gravity. Ishlab chiqaruvchi Formula 1 avtomobillariga o‘xshashini aytib, modelni “ultrakar” deb atadi. 1,55 soniyada yuzgacha tezlanishni va 500 km/soatdan yuqori maksimal tezlikni e’lon qildi. Biroq hozircha bu xususiyatlarning barchasi faqat qog‘ozda mavjud.

Rolls-Royce Sweptail

Narxi: 13 million dollar

Yana bir o‘ziga xos model Rolls-Royce Coachbuild kesimida xususiy buyurtma asosida ishlab chiqarilgan. Mijoz avtomobil 1920-1930-yillar klassikasini, masalan, Phantom’ni eslatishini talab qiladi. Texnik asosni 6,75 litrli V12 dvigateliga ega zamonaviy Phantom Coupe beradi. Avtomobil 5,8 soniyada “yuzga” chiqishi va soatiga 250 km tezlikka erishishi mumkin.

Mijozning alohida istagi: mashina yaxtaga o‘xshashi kerak. Buyurtmachi talablarini kompaniya bosh dizayneri bilan yaqindan muloqot qilgan holda Rolls-Royce shtab-kvartirasida muhokama qiladi. Ikki o‘rinli kupe haqiqatan ham kemaga o‘xshaydi: orqa qismi kema quyrug‘i kabi torayadi, old tomonda esa radiatorning kattakon panjarasi atrofdagi hamma narsa aks etadi va yorug‘da yaltiraydi. Interyer maxsus teri va noyob yog‘ochdan ishlangan. Hatto bir shisha shampan va fujerlar uchun maxsus muzlatkich ham bor.

Kommentlar: 24 komment. 24 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bugatti veyronchi?

  2. Oldinlari shu avtomobil eng qimmat deb hisoblardim

  3. alhamdulillah_13

    man ummuman qiziqmiman smile lekn uqb kurdm

  4. Salom alaykum! Nima bilan ozi qiziqas?

  5. Ajoyib moshinalar ekan.

  6. Man trekr bilan malibuni yaxshi kòraman smile

  7. Moshina haydashni bilasmi?

  8. Qimmat ekan

  9. Jasmina opalaring

    Ha aziza haydashni bilaman anu yozgan man edm nik yozish esdan cqibdi sad dadam haydashni òrgatgan smile

  10. alhamdulillah_13

    aziza opa man mma ga futbolga xar xil ovqat salatla urganwga qiziqaman dadam shef povar buganlari ucunmi rossa yahwi kuraman owxonani

  11. alhamdulillah_13

    xama turmuwga cqqanla onasidan tel qb surasa man dadamdan sureman blmaganlarimi alhamdulillah xamma taomlarni blaman

  12. Assalom Alaykum qalaysizlar qizlar kiss dugoshlarim nima gaplar olamda uzr saytga kirolmayapman

  13. Jasmina opalaring

    Biza yaxshiku guli òziz qalesz.manam òzm bn òzm bòlib ora orada kiryapman. Kecha oldmga 1ta òrtgim kelibdi u òrtoģm mani gapimni unga uni gapini manga qip yurgan ekan. Kecha kòchada urushib ketdm. Manga yomonlik qilgan odamga man yaxshili qular edm òshanga òrganib qòlishgan ekan man oldngi jasmina masman!

    Kecha rosa ģalati bòldm hozr man urushdim ichi oģrimadimikin diyma yana òzmga òzm battar bòsin hali mandan bowqa narsalayam kutsin u kechekungidan 5battar qilaman diyman laugh1

    U qiz oldn ham man bn urushgan kyn yana òzi oldmga kep kechirim sòragan qarab turila 1hafta òtme yana keladi oldmga kechrm sòrab dardini etm maslahat ber dydi òshanda gaplashaman u bn tepada etganmde oldngi jasmina yo nma desa hòp dep ketedigon

  14. Qani hamma??? Qizla nime kirmi qoydila sad sad sad

  15. Jahongir

    good good good

  16. Jasmina opalaring

    Iye aziza man woraman ku òzz yo siz

  17. Manam mana Toshkenga qaytdim nihoyat, yaxshimisz opa?

  18. Jasmina opalaring

    Voyyy aziza muncha yo bop ketiz ishonurin zerikib olib qole ddm rofl

  19. Yogeeee, man keldim, endi tiri qolas laugh

  20. Jasmina opalaring

    laugh1 rofl

  21. Laliddin

    Yaxshi hikoya

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social