Dubay metrosi Ginneslar rekordi kitobiga kirtilgan eng uzun, avtomat tarzda boshqariladigan metropoliten hisoblanadi. Ikki tarmoq yo`lining (qizil va yashil) uzunligi 74,7 km tashkil etadi. Ushbu yutuq Amirliklar metropoliteniga moddiy qo`shimcha mablag` keltirdi. 2011 yil sentyabr oyida 52 km uzunlikdagi tarmoq “qizil” dunyodagi eng uzun avtomat tarzda boshqariladigan metro tizimi bo`lgan.
Aytib o`tish kerakki, Dubay hokimi dunyoning eng zamonaviy metropolitenini o`ylab topgan. Zamonaviy texnologiyalar qurulishning barcha sohalarida qo`llanilgan, qolaversa bekatlarda va poezd vagonlarida havo haroratini muntazam ushlab turishda (konditsionirovaniya) ham qo`llanilgan. Hamma poezd tizimlari (sostavlari) poezd o`z vaqtida kelishi va jo`nashini nazorat qiluvchi elektron tizim orqali boshqariladi. Metro stantsiyalari esa, original dizayn va arxitekturada ishlab chiqilgan va shu bilan birga yo`lovchilarning harakatlanishi xavfsizligi jixatdan yuqori sifatda qilingan. Hamma yoqda avtomashinalar uchun turar joylari va yo`lovchi transport uchun bekatlar joylashgan. Butun tizimning masofasi (qizil va yashil) 74,7 km. U 47 ta bekatga ega va ikkita yo`ldan yo`lga o`tish joylari ham bor – Union va Khalid Bin Al Waleed.
Metro poezdlari 110 km/ch o`rta tezlikda yuradi, poezdning vaqti “qizil” tarmoq boshidan to oxirigacha 60-63 daqiqani oladi. Dubay metrosi 643 yo`lovchilarni sig`dira oladi. 7 noyabr 2011 yil hisobati bo`yicha, dubay metrosi xizmatidan 100 mln yo`lovchilar foydalangan.
Dubay metrosi yana dunyodagi eng yirik er osti bekatiga ega – “Xalid bin Al` Valid”. Bekatning umumiy maydoni 25 ming kv.m. teng.
Da dubayda bunday metro juda zo’r. Mashinistiyam y’oq. Hammayogi konditsiyoner hatto jevachka chaynasham mumkinmas. Hammayo top tozza. Mazza qilasan.
xa metrosi voobshem daxshat ku,xech qaerda xale shunakasi yoq!
Айникса биззи самолётла, бечоралани куриб рахминг келади киши
voobchem shunaka narsani birinchi marta kuryapman,sifatli va chiroyli!
мани дустим Дубайга бориб кеганди, ана ушани телефонида курувдим улани ер ости йулларини, вообщем койил когандим, качон бизаники хам худди шу даражага кутариларкин? бунинг учун нималар узгариши керак?
74 километр,вообще зорку,бошка шахарга бемало борса булади!
xa Dubai ancha rivojlangan, qani endi u erga tatilga borsam. juda xursand bulardim.
О, дахшат. Бориб бир кургим кевотти
ha shu go’zalikni kurishni arziydi…
juda go’zal va uzun metro ekan
Bu rasmdagi kresloalr faqat birinchi vagonda. U vip vagon. Uyoqqa faqat VIP klientlar o’tiradi. QOganla esa oddiy vagonlada yuradi. Lekin metroga gap yoq. Mashinistiyam yoq. O’zi yuradi. Koroche zakonniye. Metro yaponiyada ishlab chiqarilgan manimcha Mitsubishi zavodi.
xa metroga gap yoq