Shuni aytish mumkinki, zamonaviy dunyoda sayohat endi hashamat emas, balki hayotning bir qismiga aylanib ulgurdi. Qolaversa, hamma sayohatchilarning umumiy jihatlari bor: ular iloji boricha ko‘proq yangi hududlarni o‘rganishni istaydi. Quyida imkon bo‘lishi bilan sayohat qilishga arziydigan maskanlar suratini e’tiboringizga havola etamiz.
Shotlandiyadagi Maxri Mur tosh maydoni
Maxri Mur – Shotlandiyadagi Arran orolida joylashgan 6 ta tosh doiraning nomi. Stounxenjga tashrif buyurishni orzu qilganlar bo‘lsa, o‘z tarixiga ega, ammo unchalik mashhur bo‘lmagan alternativni borib ko‘rish mumkin. Aytgancha, bu yerda sayyohlar kamroq.
Tabiiy chakalakdan labirint, Longlit qo‘rg‘onchasi, Angliya
Longlit eng uzun chakalak labirintlaridan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 2,7 km, 16 ming dona butadan iborat. Balandligi 2,5 metrga yaqin, butalar markaziy kuzatuv minorasini o‘rab oladi. Har bir mehmon labirintdan chiqish yo‘lini tezda topa olmaydi. Faqat 6 ta baland ko‘prik yo‘l ko‘rsatkich sifatida xizmat qiladi. Bu yerda adashish juda oson.
Bagan, Myanma
Qadimiy shahar o‘rnida joylashgan tarixiy hududda 2 mingdan ziyod ibodatxona, pagod va monastir mavjud. Ibodatxonalar marmar, ohaktosh va qumtoshdan qurilgan. Ular bir-biriga o‘xshamaydi. Bagan IX-XIII asrlarda butparast qirollikning poytaxti bo‘lgan. Ammo mo‘g‘ullarning bosqini oxir-oqibat butparastlikning qulashiga olib keldi. Vaqt o‘tishi bilan bu hudud buddistlarning ziyoratgohiga aylandi. 2019-yilda Bagan YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu mamlakatda faqat turizm kuchayib bormoqda. Shuning uchun endi bu maskanni birinchilardan bo‘lib ziyorat qilish uchun imkoniyat bor.
Bokodi ko‘li, Vengriya
Kichkina baliqchilar qishlog‘i kamchilikka ma’lum bo‘lgan Bokodi ko‘lida joylashgan. Bu joy Vengriyada, Budapesht yaqinida. Ilgari baliqchilar uylarda yashar edi, endi u yer yozgi dam olish maskaniga o‘xshaydi, ba’zida mehmonlar tashrif buyuradi. Barcha uylar poydevor ustida, binolar orasida tor yo‘laklar bor. Hamma narsa insonni romantik muhitga olib kiradi.
Serf Snoudoniya bog‘i, Uels
Serf Snoudoniya – bu 2015-yilda ochilgan yangi bog‘. Uning boshqa bog‘lardan asosiy farqi shundaki, unda sun’iy ko‘l yaratilgan. Ko‘l hududida qurilgan tizim balandligi 2 metrgacha bo‘lgan to‘lqinni yaratishga imkon beradi, u deyarli 150 metrdan oshadi va bularning barchasi inson qo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, suv havzasida mashg‘ulot o‘tkazish yoki shunchaki o‘yin-kulgi bilan shug‘ullanish mumkin.
O‘lmaslar ko‘prigi, Xitoy
O‘lmaslar ko‘prigi XX asr oxirida Xuanshan tog‘ tizmasida qurilgan. U yerga borish haqiqiy sarguzasht, chunki ko‘prikka boradigan yo‘l yog‘och va taxtalardan yasalgan tor yo‘lak. Hozircha ko‘prik qurilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. U toshlarga o‘yilgan ikkita kichik tunnelni bog‘laydi. Ko‘prikning kengligi atigi 2 metr, lekin bu yo‘ldan yurish uchun jasoratli bo‘lish kerak. Sayohatchilar bu haqiqatan ham xavfli, ammo sehrli joy ekanligiga ishonishadi.
Tobizin burni, Vladivostok
Bu Tobizin burni. U Primorskiy o‘lkasida joylashgan. Tosh yonbag‘irlari va o‘tlar bilan qoplangan yo‘llar, burunga olib boradi. Ochiq maydon tufayli sovuq shamollar bu yerda tez-tez esadi. Tobizin burni – orolning eng janubiy chekkasi. Bu yerdagi qoyalar 50 metr balandlikka yetadi. Tobizin Vladivostokdan bir soatlik yo‘l. Aytgancha, burunga olib boradigan bir necha marshrutlar bor. Ulardan biri tik va xavfli zich o‘rmondan o‘tadi.
ВАу! обязательно бу жойлага бориш кере!
chiroyli
Chiroyli joylar ekan