Dunyoning 5 ta eng hashamatli xususiy samolyotlar

Dunyoning 5 ta eng hashamatli xususiy samolyotlar

5. Cessna Citation Longitude, 26 mln dollar turadigan, 12 ta odamgacha sig’diradigan samolyot!

Kabinani tabiiy yorug’lik bilan to’ldiradigan 15 ta katta oyna mavjud. Kabina juda katta va qulay kreslalarga ega.

Undan tashqari, samolyot keng hammom bilan jihozlangan.

4. Biznes-samolyotlar orasida eng keng va baland salonga ega bo’lgan Airbus ACJ319.

Samolyotning VIP variantida, odamlar uchrashuvlar zaliga ega bo’lishadi!

3. 65 mln dollarga siz Gulfstream G650 ni sotib olishingiz mumkin. Hozirgi kunda, uning saloni eng uzun va keng.

Xonalari keng va juda qulay.

Kreslalari juda yumshoq va uxlash niyatingiz bo’lsa, kreslangizni to’g’irlab, uxlashingiz mumkin bo’ladi.

2. Lineage 1000E Embraer xususiy samolyotining hashamatli kabinasining hajmi 280 kubometrga teng. Narxi taxminan 53 million dollarni tashkil etadi.

Samolyot Lyuks xonasiga ega, u yerda katta karavot va maxsus hammom ham mavjud.

1. Xususiy samolyot Boeing 747-8 VIP – mutlaqo ajoyib. Uning kabinasi 444 kvadrat metrni tashkil etadi.

Samolyotning narxi – 367 mln dollar (ichidagi narsalarsiz).

Bunday karavotda uxlashni tasavvur qiling…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social