Hozirgi kunda dunyoda bir qancha katta park atraktsionlari mavjud bo`lib, ular o`zining kattaligi, hashamatliligi va tezligi bilan bir biridan ajralib turadi. Bu turdagi atraktsionlar tezlik shinavandalari va adrenalinni his qilishni xohlovchilar uchun xizmat qilmoqda.
Kingda Ka
Kingda Ka dunyoning eng katta va uzun atraktsioni hisoblanib, AQShning Nyu Jersi shtatida joylashgan. U 139 metr balandlikgacha cho`zilgan. Qo`shimcha qilib aytish mumkinki, bu atraktsion tezligi bo`yicha dunyoda ikkinchi o`rinni egallaydi va uning tezligi 206 km/s ga teng.
Formula Rossa
Bu atraktsion Abu Dabidan joylashgan bo`lib, u tezlikni xush ko`ruvchilar uchundir. Bu atraktsion yana Ferrari dunyosi deb ham ataladi. Atraktsion tezlik bo`yicha birinchi o`rinda turadi va uning tezligi 240 km/s gacha etadi.
Steel Dragon 2000
Steel Dragon 2000 atraktsioni Nagashima, Yaponiyada joylashgan bo`lib, bu atraktsion boshqalardan o`zining uzunligi bilan ajralib turadi. Uning uzunligi 2479 metrga etadi va u 4 daqiqa davomida shu masofani bosib o`tadi.
Colossus
Colossus burilmalarga, halqalarga boy atraktsion hisoblanadi. Bu atraktsion Angliyada joylashgan bo`lib, dunyoning eng jozibakor atraktsioni hisoblanadi.
Takashiba
Takashiba atraktsioni Yaponiyaning Yamanash Fujiyoshida shahrida joylashgan bo`lib, u 121 gradus balandlikka ega va dunyoning eng tikka atraktsioniga kiradi.
Tashkentland
Shu jumladan, Toshkentning ham Toshkentland deb nomlanuvchi bog`ida ham tezligi va boshni aylantiradigan “Amerika gorkasi” atraktsioni mavjud. Bu atraktsion ham adrenalinni xush ko`ruvchilar uchun juda maroqli.
Vochaach ku bula, mani uchgim kevotti
проста супер
voobshe gorkalar bor ekanu! menimcha eng daxshatlari amerikada bulsa kerak.
Betmina Aktif GirişGüvenilir bonus ve freespin veren siteler başarılar diliyor.
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️