eBay kompaniyasi va dizayner Rebekkoy Minkoff (Rebecca Minkoff) bilan birgalikda N`yu-york va San-Frantsiskoda Smart store nomli offlayn do`konlarni ochdi.
Ushbu modali butiklar, ko`rinishidan haqiqiy kelajak do`konlariga o`xshaydi. Smart store da katta oynalar o`rnatilgan bo`lib, ular sensorli displeylar o`rnida ham ishlaydi. Ilgarigidek zalda kiyimlarni tanlashdan ko`ra, barcha kerak bo`lgan narsalarni tachskrin yordamida tanlash mumkin va tanlangan narsa kiyib ko`rish xonasiga yuborilgani haqida habar harid qiluvchining mobil moslamasiga tushadi.
Bundan tashqari, hamma kiyimlar RFID-belgilarga ega masalan, bu narsa boshqa rangli yoki o`lchamli modeli bori yoki yo`qligini bilishga yordam beradi. Kiyinish xonasidagi tachkrin oyna yorug`ligini to`g`irlashga, kiyimga qo`shimcha bezaklarni tanlashga va shunga o`xshash boshqa narsalarga yordam beradi.
Shuningdek, agarda haridorlarning faoliyati Smart store profilida saqlanib qolinsa, eBay foydalanuvchilarga offlayn sotuvlar asosida aniq takliflarni berishi mumkin. Va albatta, ushbu do`konlarda to`lov PayPal yordamida bajariladi.