Endi BAA aeroportida pasport o’rniga smartfondan foydalanish mumkin!

Endi BAA aeroportida pasport o’rniga smartfondan foydalanish mumkin!

Dubay xalqaro aeroportidan uchib ketadigan yo’lovchilar endilikda pasport o’rniga “aqlli chiqish” joylarida smartfondan foydalanishlari mumkin. Ushbu yangi xizmat Smart UAE Wallet deb nomlanadi.

General-leytenant Dahi Xalfan Tamim, Dubay politsiya va jamoat xavfsizligi boshlig’i o’rinbosari, Dubayda yashovchilar va chet el fuqoralar ishlari bo’yicha markaziy direktorat gendirektori general-mayor Muhammad Ahmad Al Merri, seshanba kuni Emirates havo yo’llari bilan hamkorlikda Dubay xalqaro aeroportida ushbu loyihani ishga tushirishdi.

Ushbu yangi tizim yo’lovchining pasport nazoratidan o’tish vaqtini 9-12 soniyaga kamaytirishi kutilmoqda. Hozircha UAE Wallet ilovasidan faqat 3 terminalda foydalanish mumkin. Unga boshqa havo yo’llari qo’shilganidan keyin barcha terminallar ishga tushadi.

Loyihaning dastlabki bosqichida UAE Wallet shaxsiy sertifikati, pasport ma’lumotlari va sayohat bo’yicha ma’lumotlarini o’z ichiga oladi. Ilovani Apple do’konidan yuklab olish mumkin.

Bu yangilik haqida qanday fikrdasiz? Do’stlaringiz bilan bu yangilikni ulashing!

Manba: lifter.com.ua

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social