O`zbekiston U-16 – Osiyo chempioni!

O`zbekiston U-16 – Osiyo chempioni!

O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati finalida Yaponiya terma jamosi ustidan g`alaba qozondi va Osiyo chempionligini qo`lga kiritdi.

style=”font-size: small;”>Aytish kerakki, o`yin haqiqiy finalga xos tarzda o`tdi. O`yinning ilk daqiqalaridan hujumga otlangan Yaponiya o`smirlari 6-daqiqadayoq hisobni ochishdi.

Ikkinchi bo`limda vakillarimiz nihoyat o`zlariga kelishdi va 52-daqiqada butun uchrashuv davomida faol harakat qilgan Akobur To`raev hisobni tenglashtirdi.

G`olibni aniqlash masalasi esa penal`tilar seriyasiga qoldirildi. Lotareyalar bahsida darvozabonimiz Sarvar Karimov ikki bor raqib zarbasini qaytardi, vakilllarimiz esa barcha zarbalarni aniq bajarishdi. Yapon futbolchisining so`nggi zarbasiga esa aniqlik etishgani yo`q.

Shu tariqa biz chempionmiz va ushbu g`alaba bilan barchangizni chin dildan muborakbod etamiz!

1

2

O`zbekiston (U-16) – Yaponiya (U-16) 1:1 (0:1) (Penal`tilar bo`yicha 3:1)

Gollar: Akobir To`raev (51) – Mizutani Takuma (6).

O`zbekiston (U-16): Sarvar Karimov, Jamshid Boltaboev, Islom Ismoilov,  Akromjon Komilov, Ulug`bek Davlatov (Ilhom Abdug`aniev, 64), Ravshan Xursanov, Ibrohim Abdullaev,  Islombek Karimov, Dostonbek Hamdamov (Adham Ahmadjonov, 46), Otabek Shukurov (s), Akobir To`raev (Alisher Mirzaev, 90)

Yaponiya (U-16): Nagasava, Ishida (Xiroki, 78), Suzuki,  Motegi, Vataru, Sugimoto, Aoyama (Koki, 57), Mizutani Takuma (88),Miyamoto, Miyoshi,Kazuya (S).

Hakamlar: Abdulrahmon Abdu (Qatar), Abdulloh Al Shalvay (Saudiya Arabistoni), Xsu Min Yu (Xitoy Taypei), Strebre Delovski (Avstraliya)

Komissar: Jerri Xuang Song (Xitoy).

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ZAZU

    Mana bularni qahramonlar desa bo’ladi! Ushbu o’g’lonlarni ota-onasiga katta rahmat!!!!

  2. Номаълум

    Буларкану! БАРАКАЛЛА!

  3. Номаълум

    Афсус уйинни тамоша килолмадим. Нима булсаям боплашди йигитларимиз.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social