Har bir inson, nonushta juda muhim ekanligini biladi. Nima uchun? Nima uchun hech qachon nonushtani o’tkazib yubormaslik kerak?
Mana, butun hayotingizni o’zgartira oladigan 10 ta muhim sabab:
- Nonushta vazn yo’qotishga yordam beradi.
Tadqiqotga ko’ra, nonushtadan mahrum bo’lganlarning 50 foizi ortiqcha vaznga ega bo’lishadi.
- Nonushta aqlli qiladi.
Nonushta konsentratsiyani oshirish, xotira va boshqa intellektual qobiliyatlarni yaxshilashga yordam beradi.
- Nonushta kunni boshlashga yordam beradigan oziq moddalarni beradi.
Ilm-fanning ta’kidlashicha, har kuni nonushta qiladigan insonlar kunning birinchi qismda nonushta qilmaganlardan ko’ra ko’proq faol bo’lishadi.
- Nonushta metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.
Ertalab siz metabolizmni yaxshilash uchun yaxshi ovqatlanishingiz kerak. Bundan tashqari, bu ortiqcha yog’ni yoqish jarayoniga olib keladi, bu ham yaxshi.
- Nonushta parxezni boshqarish uchun yordam beradi.
Agar ertalab yaxshi nonushta qilsangiz, tushlik paytida ozgina ovqat iste’mol qilasiz.
- Nonushta sizning jismoniy imkoniyatingizni oshiradi.
Nonushta vitamin va ozuqa moddalar bilan ta’minlaydi, tanagizni jismoniy mashqlar uchun tayyorlaydi va ortiqcha yog’ yoqilishiga yordam beradi.
- Nonushta ko’plab kasalliklarning oldini oladi.
Nonushta, gipoglikemiya, past qon bosimi va diabetning oldini oladi.
- Nonushta kayfiyatni yaxshilaydi.
Nonushtadan olinadigan ozuqaviy moddalar, o’zingizni baxtli va xotirjam his qilishingizga yordam beradi.
- Nonushta yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi.
Nonushta (ayniqsa, sog’lom) qondagi “yomon” xolesterol darajasini pasaytiradi.
- Oilaviy nonushta oilaviy munosabatlarni yaxshilaydi.
Birgalikdagi oilaviy nonushta – yaqinlaringiz bilan munosabatlarni yaxshilash va ular bilan ko’proq muloqot qilishning yaxshi usullaridan biridir. Shuning uchun, “yana 5 daqiqa” uyqu o’rniga bu vaqtda birga nonushta qiling.
Endi siz nonushtaingizni o’tkazib yubormang, chunki ular juda muhimdir!