Internetda avtomobil haydovchilarini yo’l kameralari yaqinlashib qolgani haqida ogohlantiruvchi mobil ilova paydo bo’ldi. Dastur Play market’da taqdim etilgan.
X-point mobil ilovasi faqatgina Toshkentda ishlaydi, biroq, o’z ichiga bir necha funksiyalarni jamlagan. Uning yordamida nafaqat yo’l kameralari va ularning turini aniqlash, balki yaqin masofadagi yoqilg’i quyish shoxobchalari hamda vulkanizatsiya nuqtalarini topish ham mumkin. Shuningdek, X-point avtomobil tezligini aniqlashi mumkin, biroq, dasturga qoldirilgan ma`lumotda aytilishicha, «G’ildirak diametri – beqaror parametr bo’lib, shuning uchun avto spidometridagi tezlik soatiga 110 kilometr tezlikda 5-10 kilometr soatga, soatiga 200 kilometr tezlikda esa 10 foizga pasayishi mumkin». Biroq soatiga 60 kilometr tezlikda xatolik deyarli yo’q.
Avtomobil haydovchisi internetga doimiy ravishda ulangan bo’lishi shart emas, ilova offlayn-rejimda ham ishlaydi. Biroq kameralar bazasi doimiy tarzda yangilanishi kerak. Ilova mahalliy STC kompaniyasi tomonidan yaratilgan va hozirga qadar 89 bora yuklab olindi.
Manba: Kun.uz
Toshkent