Forbes nashri 2019 yil uchun eng serdaromad Youtube-blogerlar reytingini e’lon qildi.
Reytingning 1-o‘rnini 8 yoshli amerikalik Rayan Kaji egalladi. U yangi o‘yinchoqlar bilan tanishadigan Ryan ToysReview kanali bir yil ichida 26 mln dollar daromad keltirgan. E’tiborlisi, Rayan eng serdaromad Youtube-blogerlar reytingiga ikkinchi yil yetakchilik qilmoqda.
2-o‘rinni 5 nafar yigit sport tryuklarini bajarishi videolari joylanadigan Dude Perfect kanali egallagan. Forbes 2019 yilda bu kanalning daromadini 20 mln dollarga baholagan.
3-o‘rinni esa 5 yoshli rossiyalik Anastasiya Radzinskaya egalladi. Nastyaning Youtube’dagi kanallari 2019 yilda 18 mln dollar daromad keltirgan. Ayni vaqtda ota-onasi bilan AQShga ko‘chib o‘tgan qizcha 7 tildagi videolari evaziga dunyoda eng tez taraqqiy etayotgan blogerlardan biriga aylandi. U bilan Lego va Danone kabi yirik kompaniyalar hamkorlik qiladi.
Shuningdek, eng serdaromad Youtube-blogerlar o‘ntaligiga Rhett and Link (17,5 mln dollar), Jyeffri Star (17 mln dollar), Preston (14 mln dollar), PewDiePie (13 mln dollar), Markiplier (13 mln dollar), DanTDM (12 mln dollar) va VanossGaming (11,5 mln dollar) kiritilgan.