Bizlarga ma`lumki, hozirgi zamonaviy davrda har – bir xonadonda televizor va radio mavjuddir. Ularning ahamiyati qanday? Bu televizor va radiolarning kundalik hayotimizdagi o`rni qanday? Keling, sizlar bilan televizor va radiolarning ijobiy va salbiy tomonlari xaqida suxbatlashsak.
Hozirgi kunda televizor orqali turli xil seriallar namoyish etilmoqda. Masalan: sizlarga yaxshi tanish bo`lgan “Esmeral`da” dan boshlab, to “Klon“ gacha. Men yaxshi eslayman, mana shu seriallar boshlanishi bilanoq, ayniqsa ayollar hammasi ishlarini tashlab, televizor qarshisiga otlanardilar. Bu filmlar ayollarimizni nimasi bilan o`ziga shunchalik rom ayladi ekan? Balki shu fil`mlardagi qaxramonlardir. Yoki mana shu seriallar shu darajada profesional ishlanganmikan? Men bir ayoldan shu to`g`risida so`raganimda, U ayol – shu fil`mlardagi sevishganlarga havas qilishini aytgan edi.
Balki to`g`ridir, chindan ham bizlarda ayollarimizga nisbatan e`tibor kamiroqdir. Yana bilmadim. Lekin shu seriallar bolalarimizning tarbiyasiga qanday ta`sir ko`rsatyapti. Qancha oilalarning buzilib ketishlari u yoqda tursin, birovni xotinini, boshqa kishini sevib qolishlari va ular o`zlarining oilalarini tashlab bir-biri bilan turmush qurishlarichi. Bularning hammasi bolalarimizga qanday ta`sir ko`rsatyapti?
To`g`ri, “bolalarga seriallarni ko`rishni man qilish kerak” deb aytish mumkin. Lekin ular baribir maktabda, bog`chada, ko`chalarda o`z do`stlaridan shu kinolar to`g`risida eshitishini ham man eta olamizmi? Chunki, oddiy reklamalar orqali ham namoyish etilayotgan turli xil hayosiz lahzalarchi? Bularni barchasini seriallarning salbiy tomonlari deb aytaylik.
Keling endi yaxshi tomonlari haqida biroz suxbatlashsak. Masalan men “Qish sonatasi “ serialini tomosha qildim va u erdan ko`p yaxshi narsalarni o`rgandim – deb ayta olaman. Masalan: boshqa kishilar bilan gaplashganda, qanday muomila qilish kerakligidan tortib, to uylarni qanday bezatishi kerakligigacha. Lekin shu serial davomida shu narsani sezdimki, mana shu seriallar vaqtimni o`g`irlayapti.
Men shunday o`ylayman, xar bir televizor orqali berilayotgan ko`rsatuvlar uchun bizda qandaydir bir chegara bo`lishi kerak va xar bir odam nimani ko`rishi kerak, nimani esa yo`q, yaxshi bilishi shart. Men umuman televizor ko`rmang va radio eshitmang deb aytmoqchi emasman. Axir, bular bizlarning kundalik hayotimizda muhim o`rin tutadi. Dunyoning turli xil chekkasida bo`layotgan yangiliklardan boxabar qiladi. Shuning uchun, nimani ko`rish kerakligini tanlashda e`tiborli bo`lishni taklif qilmoqchiman. Chunki har bir ko`rayotgan kinolar deysizmi yoki boshqa ko`rsatuvlarmi, bularning bari bizning hayotga qanday ta`sir o`tkazishini esdan chiqarmaylik.
Bu seriallar insonni real hayotda uzoqlashtiradi. Uni ko’rmagan yaxshiroq. Bu bola psihologiyasiga juda katta ta’sir o’tkazadi.
ush bu serialar haqiqiy hayotni kursatyapti,shuning uchun insonlarga qiziqarli boshqa insonlarni kuzatishga,xattoki aktyorlar bulsa xam,ular haqiqiy hayotni kursatyaptilar
bu seriallani bizzi madaniyatimizga umuman aloqasi yo’q -nodira- ulani hayoti bilan bizani hayoti o’rtasida osmon bilan ercha farqi bor, to’g’ri aytish mumkin turk va koreys seriyallarida ko’tarilvotgan muammolari, ulani madaniyati bizanikiga yaqin deb, lekin ulaniyam 100% ijobiy demagan bo’lardim
muallif-uzbekman, maqoladagi fikrga man qo’shilaman, hozirgi kunda o’zbek oilalarida ayol kishiga e’tibor juda kam, shunday ekan ular nima qilishadi,albatta o’z vaqtini bollariga qarashga, uy ro’zg’ori va televizor oldida o’tkazishadik
Муаллиф: nodira – gaplariga kushilaman, chunki farq yoq qaysi millatdan sen yoki qaysu davlatdan, biz insonlar bir birimizga uxshaymiz, usha usha hayot muamolar va tashvishlar)))
Муаллиф: rustambek va nodira fikrila to’g’ri, ular haqiqiy hayotni ko’rsatyapdi. lekin muammoni hal qilishda ular to’g’ri yondashyapdimi? Bunga nima deysizlar???
tugri savol, mani fikrimcha bu seriallar inson shaxsiyatiga qaratilgan, inson hayotida buvotgan ichki kechinmalari, uz hayotida qabul qilishi kere bugan muhim qarorlari tugrisida, lekin shu serialladagi mana shu muammolani echilishiga qaratilgan masalalani 70% bizzi madaniyatimiza tugri kemiydi
Muallif prety: To’g’ri bu bizning madaniyatimizning 70% to’g’ri kelmaydi. Sizning gapizga qo’shilaman.