Facebook o‘zbek tilini biladigan va O‘zbekiston bozori bilan ishlaydigan mutaxassisni qidirmoqda

Facebook o‘zbek tilini biladigan va O‘zbekiston bozori bilan ishlaydigan mutaxassisni qidirmoqda

Meta kompaniyasi (Facebook egasi) o‘zbek tilini biladigan mutaxassislar uchun vakansiya ochdi.

Nomzod marketing sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lishi, foydalanuvchi muammolarini hal qilishi, tematik global muammolar ustida O‘zbekiston jamoasi bilan ishlashi kerak.

Mutaxassis ma’lumotlarga asoslangan jamoaning bir qismi bo‘ladi. Nomzod muammolarni hal qilish va eng muhimi ularning oldini olish orqali kompaniya operatsiyalarini kengaytirishga yordam berishi kerak.

Bu lavozim to‘liq stavkali bo‘lib, yangi ishchi Meta’ning Irlandiya poytaxti Dublindagi ofisida ishlaydi.

Qidirilayotgan nomzod marketing bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi, asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olishi, katta va murakkab biznes muammolarini hal qila olishi kerak. Bundan tashqari, nomzoddan operatsion muhitda ikki yillik professional tajriba va bakalavr/magistr darajasi talab etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli auditoriya bilan ishlay olish ko‘nikmasi, o‘zbek tilida kuchli yozma va og‘zaki muloqot qobiliyati, mintaqa madaniyatini yaxshi tushunish asosiy talablardan biri.

Texnik jihatdan nomzod Excel va SQL, samarali tahlil va hisobotlarni boshqarish uchun Tableau kabi vizualizatsiya vositalari bilan ishlay olishi kerak.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Javlon

    smile good mani oliwsin

  2. Shavkatik

    Dublin? qatda u?

  3. Shukur

    good boraman

  4. Shoxrux

    kimni oliwganini yozarsila keyin

  5. Umid

    mani oliwarmikan? he4 narsani bilmiman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social