Facebook onlayn-“stadion”ni yaratadi

Facebook onlayn-“stadion”ni yaratadi

Facebook o`z bazasida sport onlayn-platforma “Facebook Sports Stadium”ni ishga tushirish haqida xabar berdi, unda jonli efirda o`yinlarning statistikasi, muxlislar kommentariyalari va sport kuzatuvchilari mavjud bo`ladi.

Ijtimoiy tarmoqning auditoriyasi hozirda milliarddan oshiq faol foydalanuvchilardan iborat, ulardan 650 millioni sport ishqibozlaridir. Facebook ular uchun jonli efirda o`yin natijalari haqida xabar berish, muxlislarning mashxur xabarlarini, o`yin statistikasini va eskpertlar kommentariyalarni joylashtirishga va`da berdi.

Boshlanishda Facebook sport muxlislariga amerika futbol o`yinlarini taqdim etadi, 7 fevral kuni Superkubok (Super Bowl) o`yinlari boshlanadi. Kelajakda esa ushbu sport platformasida boshqa sport turlari ham paydo bo`ladi, basketbol va futbol kabi. Shu bilan birga ushbu xizmatni muxlis o`ziga mos qilib sozlash imkoniyatiga ega bo`ladi.

Ekspertlarning aytishicha, bugungi kunda sport yangiliklarning mashxur “kommentator”i Twitter bo`lgan va yaqin kunlarda esa Facebook unga raqib bo`lib qolishi mumkin!

Manba: Naked Science

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. фейсбук етакчиликни хеч кимга беришни истамаяпти, бу шубхасиз, чунки футбол мухлислари бошка аудиторияларга караганда анча фаол ва актив, улани колдирвотган комментлариям анча жонли ва галати булади smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social