Amrekali Forbes jurnali o`tgan mavsumda eng yuqori gonorar olgan aktrisalar ro`yxatini taqdim etdi. Eng “qimmat” yulduz bugungi kunda “Sumerki” fil`mi bilan mashhur bo`lgan 22 yoshli Kristen Styuart. O`tgan yilda aktrisa 34,5 $ million gonorar olishga muvaffaq bo`lgan.
Kristen Styuart “Sumerki” va “Oppoqoy va ovchi” fil`mlari orqali 35 million dollarga boy bo`lgan va xozirda vampirlar xaqidagi fil`mdagi bosh rol qahramoni Robert Pattison bilan uchrashib yuribdi.
Forbes jurnalistlar fikricha: qiz “loydan malikalarga o`tgan”. An`analar bo`yicha yosh aktyorlarga birinchi xamkorlikda ishlash vaqtida kamdan kam katta gonorarlar to`lashadi. Ammo bu gali “Sumerki” fil`mi har bir yangi fil`mi orqali yanada mashhur bo`layotganligini ko`rib, fil`m mualliflari tushunishdiki endi Styuartga fil`mdagi ishtiroki uchun mos ravishda gonorar to`lash kerak.
Qizziq holat, yosh yulduz Andjelina Djoli (o`tkan mavsumida u 20 million dollar ishlab olgan), Sharliz Teron (18 million) va Djuliya Roberts (16 million) kabi kinoindustriya veteranlaridan ancha oldinga o`tib olgan. O`tgan mavsumda olgan gonorari bo`yicha ikkinchi o`rinda Kemeron Dias joylashgan, o`tgan yili “Yomon ustoz” va “Farzand kutganingda, nima kutish kerak” fil`mida ishtirok etgan. Uning olgan gonorari 34 millionni tashkil etgan.
“Juda shovqin va juda yaqin” fil`mda qatnashgan Sandra Bulllok eng yuqori to`lov olgan aktirsalar uchligini yopadi. Va eng yuqori to`lov olgan aktirsalar o`nligini Sara Djessika Parker (15 million dollar), Meril Strip i Kristen Uig, 12 million dollardan olgan va Djennifer Eniston (11 million dollar) bilan Gollivud yulduzlari ro`yxatini yopishdi.
Kristen Styuart golivudning yangi va yosh aktrisa bulsa xam,lekin juda qobiliyatli
uzi birinchi urinda Anjelina Joli, bulishi kerak edi!
xa xozir yulduzlarga qarasen ular xam anchagina qarishdiyu