Fransiyaning Coperni brendi havodan iborat sumkani taqdim etdi

Fransiyaning Coperni brendi havodan iborat sumkani taqdim etdi

Noodatiy aksessuarlari va liboslari bilan tanilgan mashhur fransuz brendi Coperni Parij shahridagi moda haftaligida yana bir bor tomoshabinlarni lol qoldirdi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar bermoqda.

2024-yilning kuz-qish kolleksiyasini namoyish etish marosimida dizaynerlar yangi Air Swipe sumkasini taqdim etdi. U 99% havo va 1% shishadan iborat.

Coperni brendi ijodiy jamoasi ta’kidlashicha, sumkaning shisha qismi aslida kremnezema aerogel nanomaterialidan iborat bo‘lib, ko‘rinishi nozik shishadek, lekin mustahkam va sinmaydi. Ushbu modda NASA tomonidan yulduz changini to‘plash uchun foydalanilgan. Chunki mazkur material o‘z og‘irligidan 4000 baravar katta bosim va o‘ta yuqori haroratga bardoshlidir.

Sumkaning vazni o‘rtacha 30 gramm. Unga kichik predmetlar, masalan kalit yoki telefon solib yurish mumkin. Coperni aksessuarining narxi 3900 dollar bo‘lib, uni ishlab chiqarishga 8-10 hafta kerak bo‘ladi. Sumkaning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda uni qaytarib berish yoki almashtirish mumkin emas.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Куда то не туда свернул этот мир…

  2. Тимур

    Но выглядит прикольно конечно

  3. 4000$… dash

  4. Тимур

    Хаво кутариб юрас зато rofl

  5. Komiljon

    Nima bu????

  6. Balyaaaa

  7. Muxlisa

    Chiroyliku heart

  8. Shaxzod

    Yoqdi

  9. Qoyilman

  10. dash ujas

  11. Har kuni shunday sumkadan foydalanaman laugh1

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social