Frantsiyalik pochtachi 33 yil mobaynida toshlardan qasr qurgan (+fotoreportaj)

Frantsiyalik pochtachi 33 yil mobaynida toshlardan qasr qurgan (+fotoreportaj)

Frantsiya o`zining tarixiy va ajoyib qasrlari bilan mashhurdir. Biroq ularning orasida bir noyob “Palais Ideal” deb nomlanuvchisi bor. Mazkur qasr nafaqat san`at asari, balki orzuga sodiqlik namunasidir.

Uni oddiy frantsiyalik pochtachi Ferdinanr Chevel qurgan, u qurilishga doir hech qanday tushunchaga ham ega bo`lmagan va arxitektorlik ishini ham bilmagan. Shunchaki, 33 yil mobaynida o`zining noyob qasrini qurish uchun u pochta tarqatish vaqtida yo`llarda topgan toshlarni ishlatgan.

Ushbu qasrning qurilishi 1879-yilda boshlanib, 1912-yilda tugatilgan. Bir kuni pochtachi yo`lda bir toshga qoqilgani uchun, bir noyob ishni qilishga qaror qiladi va shunday qilib uning shahsiy qasr bo`lish orzusi paydo bo`lgan. Shundan so`ng, har kuni yo`lda unga yoqib qolgan toshlarni yig`ishni boshlagan.

“Palais Ideal” Frantsiyaning Otriva shahrida joylashgan. Qasrni ko`rishni istaganlar uchun har kuni ochiq, shu bilan u erda tez-tez kontsertlar va sa`nat ko`rgazmalar o`tkaziladi. Agarda siz kelajakda Frantsiyaga bormoqchi bo`lsangiz, ushbu oddiy pochtachi qo`llari bilan yasalgan asarni ko`rish imkoniyatini boy bermang.

Fotoreportaj:

Manba: Vicer.Ru

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    zo’r ekan lekin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social