Futbolchi butun joni bilan Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko’rdi va barcha ishtirok etayotgan 32 mamlakatlar pivolarini sotib oldi. Buning uchun 32 yoshli Gas Halleyga Twitter va do’stlarining yordamiga muhtoj edi. Shuningdek, butun ichimliklarni chindan ham to’plash uchun Yevropaga sayohat ham qilib keldi. Buning uchun, unga 8 oy kerak bo’ldi va bu narsa ajoyibligini aytib o’tdi.
Uning kollektsiyasida rus, braziliya va albatta nemis pivosi bor. Hatto Senegal va Panama kabi uzoq mamlakatlarning ham pivolari bor.
Eron va Saudiya Arabistonda ko’plab spirtli ichimliklar taqiqlanganligiga qaramasdan, Gus bu mamlakatlardan ham pivo olishga muvaffaq bo’ldi!
Albatta, sizda buni nima uchun qildi degan savol tug’ilishi mumkin. Gusning o’zi bu haqida shunday deydi:
“Bir necha yil oldin bir inson bu ishni qilishga urinayotganini ko’rdim, ammo u muvaffaqiyatga erisha olmadi, keyin men yaxshiroq qilishga qaror qildim. So’nggi Jahon Chempionatida men ham biror bir missiyani bajarishga harakat qildim, lekin 32 ta dan faqatgina 23 shishani to’pladim, bu ham yomon emas edi, lekin bu 100 foiz natija emas edi. Yevro-2016 da yana sinab ko’rdim va 24 ta mamlakatdan 24 ta to’pladim, lekin Jahon Chempionati butunlay boshqacha.
Chempionatda kimlar ishtirok etishi ma’lum bo’lganidan so’ng, pivolarga ov qilishni boshladim. Bu 2017-yilning noyabrida sodir bo’lgan edi.
U, hatto Yevropaga sayohat qildi va chet elda yashaydigan do’stlarini eng qiyin topish bo’lgan ichimliklarni izlashga chet elda yashaydigan do’stlardan yordam ham so’radi.
Gusning aytishicha, unga tanish bo’lmagan bir yigit unga arablarning “Hillsburg Regular” pivosini yubordi va bu to’plamdagi eng qimmatli narsalardan biri edi.
Gus guruhlardan chiqolmagan har bir mamlakat pivosini ichishni rejalashtirgan va umuman olgan u allaqachon pivo ichishni boshlagan deb aytsak ham bo’ladi.
Gus o’z Twitterida muvaffaqiyati fotosurat bilan bo’lishdi va bu butun dunyodagi futbol muxlislari tomonidan baholandi. Nashr etilgan kunda u 33 mingdan ziyod layk va 8 mingta retvits to’pladi.