Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik 60 kilometrgacha cheklandi

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik 60 kilometrgacha cheklandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 71-sessiyasida poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 kilometrgacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“Davletovuz” Telegram-kanalining yozishicha, ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 kilometrgacha cheklanadi. Bular jumlasiga Alisher Navoiy, Maxtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li kiradi.

Modomiki, ushbu chora o‘z samarasini bersa, kelajakda shahardagi barcha ko‘chalarda tezlik pasaytiriladi.

Xalq deputatlari shahar kengashining 70-sessiyasida shahar IIBB YHXB tomonidan Amir Temur, Farg‘ona yo‘li, Shota Rustaveli, Yangi Sergeli, Bobur va Bunyodkor ko‘chalarida transport vositalarining yuqori tezligini 60 kilometrgacha cheklash masalasi kiritilgandi.

Deputatlar masalani yanada chuqur va atroflicha o‘rganish, zarur bo‘lsa, tezlikni yanada kamaytirish maqsadida bu ishga tegishli mutaxassislarni ham jalb etish taklifini bildirgandi. Shundan keyin doimiy komissiya va IIBB YHXB tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 kilometrgacha cheklash maqsadga muvofiq deb topildi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Жуда тугри килишди!

  2. Karim

    Nihoyat!

  3. Oybek

    Turi qiliwdi

  4. Yusuf

    Qanaqa qilib odamla 70 da yurvotti? probkaku hammayo

  5. Usmon

    juda tugri!

  6. Nozim

    Turi qiliwdi

  7. Ulug'bek
  8. Isfandiyor

    An4adan beri qiliniwi kerak bugan narsa.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social