Germaniya shimolidagi Rinteln shahrida yashovchi er-xotin uyida har xil shakl va rangdagi 555 ta Yangi yil archalarini o‘rnatdi. Germaniya rekordlar instituti bu — bir turar joy hududida o‘rnatilgan eng ko‘p archa ekanligini taʼkidladi.
57 yoshli erkak archa yig‘ishni 12 yil avval boshlagan. Asta-sekin bu ishga uning xotini ham qiziqib qolgan. Ular o‘zlarining sevimli mashg‘ulotini qishki bayramlarga bo‘lgan muhabbati bilan izohladi.

Ularning 180 kvadrat metrli uyi xuddi Yangi yil buyumlarini sotadigan do‘konni eslatadi. Bu katta kolleksiyasini bezatish uchun ularga 108 mingta shar va 48 mingta chiroqlar kerak bo‘lgan.

Yangi yil archasi hamma xonalarga o‘rnatilib, birgina mehmonxonaning o‘zida 89 ta archa bezatilgani aytiladi. Hatto hammomga ham o‘rnatilgan.

Ayni paytda bu go‘zallikni ko‘rish uchun Germaniyaning turli burchaklaridan va hatto qo‘shni mamlakatlardan mehmonlar kelmoqda. Bu juftlikning ikkinchi shunday yutug‘i hisoblanadi. Bundan bir necha yil oldin er-xotin 444 ta bayram daraxtini o‘rnatgan va rekord sifatida qayd etilgan edi.
Молодцы
Zo’r qiliwibti
Yurishlariga joy qoganmikan?
Uxlashga joy qolgan bo’lsa bo’ldi
Zo’r qilishibti
Klass
Jinniromi bula?
Nimaga unaqa dis?
Nima beradi rekord ularga?
Mashxurlik
Pul ham berishadi menimcha