Gonkong aeroportida 8 metrli malla mushuk paydo bo‘ldi — u quloqlarini qimirlatib, xurillaydi

Gonkong aeroportida 8 metrli malla mushuk paydo bo‘ldi — u quloqlarini qimirlatib, xurillaydi

Gonkong xalqaro aeroportida g‘ayrioddiy Pasxa installyatsiyasi — ulkan malla mushuk paydo bo‘ldi. “Miyovlash vaqti” (A Moment to Purr) deb nomlangan ushbu art-obyekt uzoq parvozlardan so‘ng sayohatchilardagi stressni yengillashtirish maqsadida 1-terminalning uchib kelish zaliga o‘rnatildi. Installyatsiya u yerda 2-maygacha turadi.

Mushukning uzunligi sakkiz metr, bo‘yi esa uch yarim metrga yetadi. Bu shunchaki qotib turgan haykal emas: u quloqlari, panjalari va dumini qimirlatadi, yashirin karnaylardan esa mayin xurillash eshitilib turadi.

Mushukning yoniga raqamli ekran o‘rnatilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar u orqali jonivorni virtual tarzda boqishi yoki erkalashi mumkin. Odamlarning harakatlariga javoban installyatsiya ham harakat bilan javob qaytaradi. 

Bayram ramzining bunday g‘ayrioddiy tanlanishi hukumatning “mushuk iqtisodiyoti”ni rivojlantirishdan manfaatdorligi bilan izohlanadi. Bu yil Gonkong odatiy Pasxa quyonchasi o‘rniga odamlarni birlashtiruvchi universal vosita sifatida mushuklarga e’tibor qaratdi.

Loyiha faqat aeroport bilangina cheklanib qolmadi: mushuklar tasvirlangan ulkan sharlar va devoriy suratlar shaharning boshqa tumanlarini ham bezadi.

Kommentlar: 26 komment. 26 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Azizbek

    8 metrlik mushukmi bu realmi o‘zi

  2. Azizbek

    Zo‘r idea ekan, aeroportda stressni kamaytiradi

  3. Azizbek

    Bizda ham shunaqa narsalar bo‘lsa yaxshi bo‘lardi

  4. Azizbek

    Lekin biroz g‘alati ham tuyuldi rostini aytsam

  5. Azizbek

    Baribir kreativlikka gap yo‘q

  6. Azizbek

    Mushuklar baribir hamma joyda trend

  7. Voyyy juda shirin ekan ko‘rgim kelib ketdi

  8. Murrillashi umuman relax beradi deb o‘ylayman

  9. Uzoq parvozdan keyin aynan shunaqa narsa kerak
    Juda aqlli loyiha qilishibdi

  10. Suratga tushish ham zo‘r imkoniyat ekan

  11. Men bo‘lsam 100% borib ko‘rardim ❤️

  12. Nima bu endi ‍♂️ 8 metrlik mushuk…

  13. Pulni nimaga sarflashni bilmay qolishgan shekilli

  14. Lekin turistlar uchun qiziq bo‘lishi mumkin
    Baribir men uchun bu ortiqcha narsa

  15. Real muammolarni hal qilish kerak edi
    PR uchun zo‘r lekin foydasi shubhali

  16. Juda original g‘oya aeroportda bunaqa narsa ko‘rmaganman

  17. Mushuklar haqiqatan ham odamni tinchlantiradi
    Virtual ovqat berish funksiyasi ham zo‘r ekan

  18. Juda zamonaviy va qiziqarli loyiha

  19. Ko‘proq shunaqa kreativ ishlar bo‘lsin
    Hong Kong yana hayratda qoldirdi

  20. Mushuk bilan PR qilish trend bo‘lib ketdi
    “Cat economy” degani ham qiziq tushuncha ekan

  21. Odamlar hammasini kontent uchun qiladi endi
    Lekin baribir viral bo‘lishi aniq

  22. Menimcha bu marketing yurishi
    Ishlagan ham shekilli, hammayoqda gap bo‘lyapti

  23. Juda cuteeeee ko‘rib kayfiyatim ko‘tarildi
    Murrillashi eshitilsa umuman zo‘r bo‘lsa kerak
    Stressni kamaytiradi degani to‘g‘ri

  24. Odamlarga ozgina quvonch berish ham katta ish

  25. Men bunaqa narsalarni qo‘llab-quvvatlayman
    Hayotda ko‘proq pozitiv kerak

  26. Juda zor! Menga yoqdi bu ish!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social