Ishdagi ishq: O‘zbekistonda har ikki kishidan biri hamkasbiga ko‘ngil qo‘ygan

Ishdagi ishq: O‘zbekistonda har ikki kishidan biri hamkasbiga ko‘ngil qo‘ygan

Umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish, birgalikda kechgacha qolib loyiha ustida ishlash yoki shunchaki koridorda ko‘rishib, tabassum ulashish — ish joyi doim kutilmagan his-tuyg‘ular maskani bo‘lgan. Tadqiqotlarga ko‘ra ofis muhiti odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi.

HeadHunter platformasi 900 nafar ish beruvchi va ish izlovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unga ko‘ra ishtirokchilarning 54 foizi kamida bir marta hamkasbiga nisbatan iliq his-tuyg‘ularni his qilgan.

Simpatiyadan — nikohgacha

So‘rovnomada qatnashganlarning 12 foizi hamkasbi bilan oila qurgan. Yana 17 foizi esa hozir ham u bilan munosabatda. Qo‘shib hisoblasak, har uch kishidan birining ofisdagi tanishuvi jiddiy munosabatlargacha yetib borgan.

Ajrashganlardan ko‘pchiligi esa yaxshi munosabatni saqlab qolgan. Faqat 7 foiz holatdagina munosabatlar janjal bilan yakunlangan.

Odamlar bunga qanday qaraydi?

Bu borada jamoatchilikning fikri turlicha. Respondentlarning 42 foizi “agar ishga xalaqit bermasa, muammo yo‘q” degan bo‘lsa, 25 foizi bunday munosabatlarga butunlay qarshi. Qolganlar esa “hammasi holatga bog‘liq” degan fikrda.
Qiziqarli jihat: ish joyini tanishish uchun “ajoyib maydon” deb baholaganlar atigi 5 foiz. Demak, aksariyat odamlar hamkasbi bilan munosabat o‘rnatishni maqsad qilmaydi, bu o‘z-o‘zidan yuz beradi.

Ish bilan sevgi bir-biriga xalaqit bermaydimi?

Respondentlarning 44 foizi ish va shaxsiy munosabatlarni aniq ajratish orqali ularni uyg‘unlashtirish mumkinligini ta’kidlagan, 27 foiz bu juftlikning xarakteriga bog‘liq deb hisoblaydi, 19 foiz esa buni har doim murakkab jarayon sifatida baholagan.

Xulosa o‘rnida

Ish joyi bu — tasodifiy uchrashuvlar emas, umumiy maqsad, umumiy stresslar va umumiy g‘alabalar orqali shakllanadigan yaqinlik maskani. Asosiysi ishni ish, sevgini sevgi deb ajrata bilish — qolgani o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Eh bu gaplar real hayotdan olingandek ishda ko‘p narsa boshlanadi aslida

  2. 54 foiz degani juda ko‘p ekan, deyarli hammada bo‘lgan

  3. Men ham bir paytlar hamkasbga crush bo‘lganman

  4. Ish bilan sevgi aralashsa qiyin, lekin baribir bo‘ladi

  5. Kim nima desa desin, his tuyg‘uni to‘xtatib bo‘lmaydi

  6. Asosiysi drama qilmasdan, normal olib borish kerak

  7. Zor maqola good

  8. Ishdagi sevgi doim muammo keltiradi deb o‘ylayman ‍♂️

  9. Boshida hammasi chiroyli keyin drama boshlanadi

  10. Lekin baribir odam o‘zini tutolmaydi

  11. Real hayotda bu juda ko‘p uchraydi

  12. Juda romantik mavzu ishda sevib qolish boshqacha bo‘ladi. Har kuni ko‘rishish ham plus ham minus

  13. Kimga nasib qilsa baxtli bo‘lishi mumkin ❤️ Men bunaqa hikoyalarga ishonaman

  14. Ofisda sevgi bu eng katta xato

  15. Ish bilan shaxsiy hayotni aralashtirmaslik kerak
    Statistikalar hammasini oqlamaydi

  16. Oxiri ko‘pincha yomon tugaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social