Yangi mahsulot nomidan Chrome so’zi olib tashlandi va e’tibor Pixel brendga qaratildi.
Moslamanin alyuminiy korpusi qalinligi 10,3 mm, ekran diagonali 12,3″ va 1,1 kg og’irlikka ega. Klaviatura borligiga qaramay, noutbuk o’zingiz bilan olib yurishga juda yengildir. Ekran olib tashlanmaydi va bundan tashqari planshet rejimida ishlash, kitobcha shakliga aylantirish imkonini beradi.
Google ning aytishicha, Pixelbook – transformatsiya paytida haqiqiy planshet bo’lib qolishi mumkin bo’lgan yagona noutbukdir. Konfiguratsiya Intel Core i5 yoki i7 protsessori, maksimal 16 GB RAM va 512 GBgacha bo’lgan SSDni o’z ichiga oladi. Sensorli ekran Gorilla Glass shisha bilan himoyalangan va 235 ppi zichligi va 400 nit yorqinligi va 2400 × 1600 piksel bilan farq qiladi. Tugmachalar shovqinsiz va yumshoq, shuningdek yorug’likka ega.
Batareya muddati 10 soat, zaryadlash esa 8 marta tezroq bo’ladi. Shu bilan birga 45-vatt adapter va Pixel 2 dan USB-C kabel bilan foydalansa bo’ladi, bu esa stoldagi keraksiz kabellardan ozod qiladi.
Pixelbook hali ham Google Play do’koniga va Google Assistant yordamchisiga to’liq kirish imkonini beruvchi ChromeOS platformasi bilan boshqariladi. Google Pixelbook ning narxi 8 GB RAM va 128 GB SSD bo’lgan model uchun 1000 dollardan boshlanadi.
Manba: 3dnews