“Gorizontal`” tomonga harakatlanuvchi zamonaviy lift ishlab chiqilmoqda (+video)

“Gorizontal`” tomonga harakatlanuvchi zamonaviy lift ishlab chiqilmoqda (+video)

Germaniyaning “ThyssenKrupp” kompaniyasi muhandislari kelajak arxitekturasining bir qismi bo`lishi mumkin bo`lgan qiziqarli texnik yo`lni topishdi. Kelajakda liftga kabel` kerak bo`lmaydi va hamda lift vertikal` va gorizontal` tomonlarga harakatlanishi mumkin.

Shu tarzdagi liftni kutish vaqti 30 soniyadan oshmaydi, lekin eng muhimi bu emas. Magnitli tortish texnologiyasini ishlatish moslamaga gorizontal` yo`nalishga imkoniyat beradi. Albatta buning uchun kabel` ham kerak bo`lmaydi. Ishlab chiqaruvchilarning ta`kidlashicha, yangi g`oya lift harakatlanishi uchun ko`proq joy beradi. Shuningdek, foydalanuvchilarga binoning har qanday qismiga borishi oson bo`ladi.

Agarda binoning balandligi 200-300 metr bo`lsa, nnovatsion liftni ishlatish yaxshiroq bo`ladi. Hamda bino keng bo`lishi, chunki liftga gorizontal` tomonga harakatlanishi ham kerak. Ushbu yangi texnologiya Germaniyaning Rotvayl` shahrida qurilmoqda va 240 metrli yangi binoda ishlatilishi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social