Yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun har bir 52 daqiqali ish vaqtiga 17 daqiqa dam olish vaqtini ajrating.
justify;”>Ko`pgina korxona rahbarlari hozirgacha – hammadan vaqtli ishga keladigan, hammadan kech ishdan ketadigan, hamkasblariga qaraganda kam tanaffus qiladigan xodimni eng yaxshi xodim deb hisoblaydilar. Lekin aytish joizki har doim ham ish vaqtini uzunligi ish samaradorligini oshirmaydi.
Ko`plab kompaniyalar o`z xodimlarining xatti-harakatini o`rganishadi. Yaqinda latviyaning Draugiem Group kompaniyasi DeskTime dasturi orqali olingan ma`lumotlarni tahlil qilib chiqdi. Dastur eng sermaxsul xodimlarning komp`yuter oldida ish jorayonida o`tkazgan vaqtini aniqlashda yordam berdi: aniqlanishicha, har bir sermaxsul xodim 52 daqiqali ish vaqtiga tanaffus uchun 17 daqiqa ketkazishar ekan. Tanaffusda ular aylanib kelish, xamkasblari bilan birgalikda kofe ichish yoki bo`lmasa ish o`rnidan uzoqrokga ketishar ekan. Kornell` universiteti tadqiqoti shuni ko`rsatdiki: tanaffus haqida avtomatik tarzda eslatib turuvchi moslamalarning qo`llanilishi ish samaradorligini 13% ga oshirar ekan.
Shundan kelib chiqadiki, eng samaradorli xodimlar hammadan ko`p ishlagan emas, balki haqqoniy ishlaydigan va tez tez tanaffusga chiqib turadigan xodimlar ekan. 17 daqiqali qisqa tanaffus ishga bo`lgan ishtiyoqni va kuchni qayti tiklashga yordam berar ekan. Tanaffus vaqtini elektron pochtani tekshirish yoki YouTube da video roliklarni tamosha qilish bilan emas, balki komp`yuterdan uzoqroqda o`tkazish kerak.