Mushuk boqishning 10 qoidasi

Mushuk boqishning 10 qoidasi

Momiqqina mushukchani ko‘rib bag‘riga bosgisi kelmagan bola bo‘lmasa kerak. Chunki ota-onasi doimo ish bilan band bolajonlar odatda mehrga va e’tiborga zor bo‘ladilar. Ular mushukcha timsolida o‘ziga “hamdard” topishadi. Mushuk boqib olishdan avval oila a’zolaringizning jonzotlarga allergiyasi yo‘qligini aniqlab olgach, quyidagi qoidalar bilan tanishishni tavsiya etamiz:

1-qoida. Mushuk boqish uchun uni kichkinaligidan olish mumkin. Shunda mushukcha xonadoningizga tez o‘rganadi, tarbiyalasangiz intizomli bo‘ladi. Mushukchaning yoqimtoyligi, momiqligi, munchoqdek ko‘zlarining jovdirab turishlari ko‘pchilikning mehrini qozonishi aniq.

Bundan tashqari, mushukchalar ham huddi odam bolasidek tunda qo‘rqadi, shuning uchun ko‘p hollarda o‘ziga yaqin bilgan odamning o‘rniga kirib yotishni hush ko‘radi. Uning mayin hurillashi, yoqimli iliq tafti charchoqlaringizni oladi.

Lekin mushukchani belgilangan joyga hojatga borishni o‘rgatish kerak. Buning uchun idishni (do‘konlarda sotiladigan maxsus qutimi, tog‘oracha yoki yelim qutichami) xojat qumi bilan to‘ldirish darkor. Dastlabki soatlarda mushukchani kuzatish zimmangizda, u esnab, u yoqdan-bu yoqqa yura boshlasa, demak u hojatga bormoqchi. Uni darrov olib borib, maxsus joyni ko‘rsating. Qumni ko‘riboq mushukcha nima qilishni o‘zi anglab oladi.

Mushukcha hojatdan bo‘shagach, qumdan qumaloqchalarni tozalab olish mumkin (buning uchun maxsus xokondozlar ham bor), lekin suyuqligi tekkan qumga tegmagan ma’qul. Uch-to‘rt kun shu holda tursa, mushukcha qumdagi hojat isini mo‘ljallab, o‘zi mustaqil ravishda hojat joyini topib kelishni o‘rganib oladi. Faqat u bunga o‘rgangunicha hojat qutisi turgan joyini o‘zgatirmasligingiz kerak.

Yana shuni ham unutmangki, mushuklar ozodalikni yaxshi ko‘radigan jonivorlardan. Mushukchaning hojat qutisi oldiga bironta qattiqroq poyondoz to‘shab qo‘yishni unutmang. Chunki mushuklar, odatda, hojatdan keyin panjalarini hojat qumidan artib tozalashni, ozoda yurishni hush ko‘radilar.

2-qoida. Mushukcha tarbiyalashga ortiqcha vaqt sarflashni istamasangiz katta mushuk oling. Faqat bu mushuk ko‘cha mushugi bo‘lmasligi kerak. Chunki ko‘cha mushuklari odatda erksevar bo‘ladi – istagan paytida ketib, istagan paytida yana uyga qaytishi mumkin.

Erkinlikda tug‘ilib, mustaqil o‘sgan mushuk bilan xonadonda dunyoga kelib, undan qutilish uchun shafqatsizlarcha adashtirib, ko‘chaga tashlab ketilgan mushukning farqi bo‘ladi. “Haydalgan” mushuklar ko‘cha mushugidan farqli o‘laroq, xiyonat dardini totgan bo‘lsa-da, odamlarga ishonchini yo‘qotmaydi. Boshini silagan odamga ergashadi.

Lekin shunga qaramay ko‘cha mushuklari ham ba’zi hollarda odamlarning yordamiga muhtoj bo‘ladi. Masalan, ostonangizga miyovlab kelgan ko‘cha mushugini haydamang, aksincha, unga ovqat, suv bering. Chunki ular faqat yemish tomopolmaganida yoki betob bo‘lganida odamlardan yordam so‘raydi. Bir kishining yerto‘lasida mushuk bolalabdi. U kishi esa, uyimni burga bosib ketmasin deb, ona mushuk va uning bolalarini ko‘chadagi suvsiz ariqqa tashlaydi.

Bahorning sovuq, yomg‘irli havosiga dosh berolmagan mushukchalar ko‘p o‘tmay o‘ldi. Lekin ona mushuk bolalarini uzoq vaqt bag‘riga bosib yotaverdi. Buni ko‘rib qolgan odamlar ona mushukni ovqat bilan chalg‘itib turib, mushuk bolalarining o‘ligini ko‘mishdi. Shu-shu ona mushuk duch kelgan odamga jovdirab, orqasidan ergashib, go‘yo bolalarim qani, ularni nima qildingiz deganday tinmay miyovlaydi.

3-qoida. Yoshiga yetmagan, onasidan “ajramagan”, ona suti emadigan mushukchani boqishga olmang. Yaxshisi, ona mushuk bolasini “begona” qilish davrini kuting. Ya’ni tabiat qonuni bo‘yicha ona mushuklar bolalarini mustaqil hayotga o‘rgatadigan, o‘zidan nari qiladigan vaqt keladi. Bu mushukchaning 4-5 haftalik davriga to‘g‘ri keladi.

4-qoida. Hech qachon yosh bolangizga mushukcha sovg‘a qilmang. Chunki hali dunyoni to‘liq anglab yetmagan farzandingiz o‘zi bilmagan holda mushukchani mayib yoki nobud qilib qo‘yishi mumkin. Yodingizda tuting, mushukchani boqishga oldingizmi, demak siz uning keyingi hayotiga mas’ulsiz!

5-qoida. Mushukni cho‘miltirish kerakmi? Mushuksevarlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mushukni issiq kunlarda cho‘miltirish mumkin. Lekin sovuq kunlarda, nam sochiq bilan artish kifoya. Yoshga to‘lmagan mushukchalarni esa cho‘miltirmagan ma’qul. Chunki mushukchaning tana harorati tushib ketib, nobud bo‘lishi hech gapmas. Kasal, nimjon, burga bosgan mushukchalar bundan mustasno. Ularni avaylab cho‘miltirgach, yunglari to qurigunicha issiq matoga o‘rab, issiq joyda saqlash va albatta, ovqatlantirish kerak.

6-qoida. Mushuklarning tirnog‘ini olish kerakmi? Bu savolga ha va yo‘q, deb javob berish mumkin. Chunki mushukning tirnog‘ini olmasangiz ham qattiq yerlarga tirnalib, tirnog‘ini o‘zi tushiradi. Agar xonadonim devorlari, yumshoq mebellarim butun bo‘lsin desangiz mushukchaga tirnalish moslamasini o‘zingiz yasab berishingiz mumkin. Buning uchun qanor ip, qattiroq karton qog‘oz va biroz qunt bo‘lishi kifoya.

Agar ozodalik yuzasidan mushukning tirnog‘ini olish kerak degan qarorga kelgan bo‘lsangiz, u holda jonivorning panjalarini shikastlab qo‘ymang. Tirnoqning faqat panjasigacha bo‘lgan uchli qismini olib tashlash kifoya.

7-qoida. Mushugingizni alohida ovqatlantiring. Agar mehringiz jo‘shib, bir marta bo‘lsa ham dasturxoningizdan mushukchaga nimadir yedirsangiz, demak, biling-ki, har safar dasturxon tuzaganingizda stolning biron chetida sizga bir juft momiqqina quloqchalar ko‘rinib, qorni to‘q bo‘lsa-da, ovqat ilinjida o‘tirgan mushugingizni hech qanday aldovlar bilan dasturxondan uzoqlashtira olmaysiz. Bu esa ba’zi mehmonlaringizga yoqmasligi mumkin.

8-qoida. Mushukchani o‘z taomnomangizda bor masalliqlar bilan boqishingiz mumkin. Lekin ba’zida do‘konlardan yoshiga mos suyuq va quruq bo‘lgan maxsus mushuklar taomi bilan siylashni ham unutmang.

9-qoida. Mushuklar boshqa jonzotlar kabi tabiatan ko‘payish instinktiga ega. O‘sha davr boshlanganida mushugingiz hunuk va uzoq miyovlay boshlaydi. O‘zini go‘yo siz bilan gaplashayotganday tutadi. Shunday paytlarda uni zudlik bilan veterenar ko‘rigiga olib boring, zarur choralarni ko‘ring.

10-qoida. Hech qachon, hech qanday vaziyatda sizga o‘rganib qolgan mushukni ko‘chaga haydamang!

Mana shu qoidalarga rioya qilsangiz hayotingiz davomida sizga sodiq bir do‘st hamisha yoningizda bo‘ladi. Yillar o‘tib, bir-biringizni so‘zsiz tushuna boshlaysiz. Oilangizdagi bolalar ham atrof-muhitga, odamlarga mehrli bo‘lib voyaga yetadilar.

Kommentlar: 51 komment. 51 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Eh manga ruxsat beriwganda, davno uyda boqardim

  2. Aziza

    Afsus opami allergiyalari bor

  3. Тимур

    Эрга текгандан кейин оларсиз smile

  4. Gulli

    Assalom Alaykum Hammaga qalaysizlar Aziza Temur aka nima yangiliklar Siz tomonlarda Aziza ha mayli uni ham bir yoʻli topilar balki opayiz turmushga chiqsam mushuk olib boqarsiz

  5. Aziza

    Opam bu onam rofl Uzr

  6. Aziza

    Erim yu dimasa buldi keyn rofl

  7. Тимур

    Энди гаплашволарсиз laugh

  8. Aziza

    Mayli rofl

  9. Aziza

    Gulli dugonajonim, yaxwimisz? Nima gapla? Bomisiz?

  10. Gulli

    Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim borman oʻziz bormisiz qalaysiz

  11. Aziza

    Salom alaykum, rahmat, yaxwiman, uziz qanaqasiz?

  12. Aziza

    Nimala qivos?

  13. Gulli

    Yaxshi rahmat Allahga shukr yaxshiman oʻzizchi qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun menda shu hozir hayvonlarga qaragani koʻchaga chiqaman keyin shu uy ishlari boshqa nima ham boʻlardi oʻziz nima qilvosiz

  14. Aziza

    Uqiwdaman, zerikdim, uyga borib iw qiliwim kere, ke4qurun mehmonla keliwadi

  15. Aziza

    Salom alaykum, yaxwimisz?

  16. Gulli

    Assalom Alaykum qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun Azizam

  17. Aziza

    Rahmat, uziz4i? Nima gapla? Kayfiyatiz yaxwimi?

  18. Aziza

    sad sad sad

  19. Gulli

    Assalom Alaykum qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun Azizam nima gaplar nima yangiliklar menda tinchlik oʻzidan gapiring

  20. Aziza

    Kirmi quydiz sad

  21. Gulli

    Ha shu orada sizi yozganizi oʻqib javob qaytarish uchun kiryapman xolos toʻgʻrisini aytsam hozirgi chiqayotgan maqolalar toʻgʻrisi meni qiziqtirmadi shunga maqolalarga yozmayapman

  22. Aziza

    Vay, a sizzi qanaqa maqolala qiziqtiradi?

  23. Aziza

    Hayotizda hammasi yaxwimi?

  24. Gulli

    Alhamdulillah yaxshiman rahmat oʻzizchi yaxshimisz bilmadim avvalgi maqolalar qiziqli edi hozirgisini bilmadim

  25. Aziza

    Twunarli, tin4misiz uzi? Sizni nimadir qiynavottimi?

  26. Gulli

    Assalom Alaykum qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun Azizam yoʻq hechnima qiynamadi shunchaki zerikayapman har kuni uyda bir oʻzim zerikib oʻtiraman oyim bor paytiyam men bilan gaplashgani vaqti yoʻq xuddiki uyda menda boshqa odam yoʻqday uydagilar yonimda boʻlsa ham oyim ham dadam ham uyga kelgan payti faqat telda men bir nima desam jim deyishadi boshim ogʻrib ketdi tv koʻr jim boʻl deyishadi boshim ogʻrib ketdi deb hecham meni eshitishmidi hozir negadir juda gʻamgin oʻychan insonga va kam gapiradigan insonga aylandim hech nimani qiziqi qolmayapti hatto orzu ham hayol ham qilmaydigan boʻldim xuddi hayotda yashashdan maqsadi qolmaganday kun oʻtyapti nima qilishni bilmayapman endi hayronaman kun botar tong otar deganday hayotdan Avvalgi Gullini oʻzim oʻldirib quydim hozir gʻirt teskarisi boʻlib qoldim hech nimani oʻylama hechnimani qaygʻurma inson boʻlma shunchaki ish qiladigan mashinaman xolos uyda nimaga faqat mani taqdirimga shunaqa narsalar yozilganmi orzu qilma oʻqima faqat mol qara molni tagidan chiqma oʻqish kerakmas dugona kerakmas telefon kerakmas barchasidan toʻyib ketdim lekin shunda ham Allahga shukr deb yashayapman Sabr qilay yana nimalarni koʻrman hali bilmadim lekin uydagilarga faqat ish qilishim kerak bir kun ish qilmasam akam darrov nimaga buni bosh hisobiga boqib oʻtiribsizlar nimaga kerak bu degani degan aytingchi bundan keyin insoni yashagisi orzu qilishidan nima foyda hatto Allahga ham jonim kerak emas ekan bilmadim sabr sabr deb tirik murdaga aylanib qoldim shunchaki Gulli tanasidagi boshliqman xolos hech nima koʻnglimga sigʻmayapti lekin shunda ham shu telefonda sizga yozman video koʻrib ovunaman nima qilishimni ham bilmayman eng alam qiladigan seni hayotingni oʻzing yashamasang hamma seni hayotinga hoʻjayin man orzu seniki na hayot seniki bunday yashashdan nima foyda bilmadim hech nima yoqmayapti juda charchadim barchasidan

  27. Aziza

    Salom alaykum, sabr sabr deyishadi, sabr bilan hayot utib ketvotti, bizaga qan4a yana kun berilgan faqat Xudo biladi, sabr yaxwi narsa, lekn utgan kunni kim qaytarib beradi…

  28. Aziza

    Uzr, bitta savolim bor, akez nimaga unaqa dilla? Sevgi mehr yumi sizga nisbatan?

  29. Gulli

    Assalom Alaykum qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun Azizam sorry unknw

  30. Aziza

    I4indigini etib berganiz u4un rahmat, man bilan buliwin iltimos, sizni qiynayotgan narsalani bilmoq4iman

  31. Gulli

    Assalom Alaykum qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun Azizam Hoʻp sizga ham rahmat eshitganiz javob qaytarganis uchun toʻgʻrisi menga nima boʻlayotganini oʻzim ham bilmiyman oʻshanu uchun nima deyishni ham bilmadim

  32. Aziza

    Ota onangizni iwlari kupayganmi?

  33. Gulli

    Uyda faqat dadam ishlidi oyim dadamni oʻrniga ziyoratda qur’on tilovati qiladi

  34. Aziza

    Uzr, ziyorat tilovati nima u?

  35. Gulli

    Ha Qabristonga borgan insonlar oʻtganlarni haqqiga duo qilishadi bilmaydiganlari oʻsha yerdagi Qabriston shayxi deyishadi oʻsha Qabriston imomiga Qurʼon oʻqib berishini soʻrashadi oʻtganlar haqiga duo qilishni Qurʼon tilovati deyishadi

  36. Aziza

    Ayollarga buni qiliw mumkinmi?

  37. Guli

    Ha Qurʼon oʻqish har bir Musulmonning vazifasiku

  38. Aziza

    Rahmat, javoblariz u4un. Hozir uyilada ne44i kiwi yawavossila?

  39. Guli

    Assalom Alaykum qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun Azizam uyda 3lamiz oyim dadam va men boʻldi oʻziz qalaysiz nima yangiliklar oʻzizda

  40. Aziza

    Rahmat, uyga keldim, uzizda nima gapla? Kayfiyatiz qanaqa?

  41. Gulli

    Yaxshi rahmat Allahga shukr yaxshiman

  42. Aziza

    Uyiz qanaqa? Yaxwilandmi?

  43. Gulli

    Assalom Alaykum Hammaga qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun Azizam Hali shu oddiy oʻzgarish yoʻq toʻy oldi remont qilamiz deyishyapti akamni plani boʻycha martda toy qilamiz deyishyapti lekin qiz topolmayapsiz

  44. Guli

    Assalom Alaykum Hammaga qalaysizlar Azizam bugun bizda qor yogʻyapti sizlardachi yana qayerlarda qor yogʻyapti ekan

  45. Aziza

    Salom alaykum, bizda bugun qor yogadi diwudi, hali yogmadi lekn smile Nimaga qiz topilmetti?

  46. Guli

    Bilmadim qiz yoʻqde ularga kelin qilib olib kelaylik desak hatto yaxshi koʻrganlari ham yoʻq hozir nima qilishni bilmayapmiz qiz topmayapmiz koʻngliga yoqani yoʻq bittasini aytamiz birozdan soʻng yoʻq boʻmidi boshqa qiz toping deb turishadi darrov Mahallada qiz qolmadi boshqa yerlardan qidirib yuribmiz mahalladan tanigan bilgan qizlarni barchasini aytib koʻrdim akamlar koʻradi surishtiradi yaxshimas ekan deydi bilmadim nega ular aytgan qizlar baʼzilarini men taniyman boʻmidi deyman ishqilib ular topgani bizga biz topgan akamga yoqmidi

  47. Guli

    Endi shahardan topamiz deyishyapti lekin shaharliklar qishloqda rozi boʻlmasa kerak deyishyapti oyim nima qilamiz bilmadim

  48. Aziza

    Uzr, Akez ne44i yowda edila?

  49. Guli

    Katta akam 96kichik akam 99yil

  50. Aziza

    Qanaqasiz uzi?

  51. Guli

    Men yaxshiman Allahga shukr

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social