Har bir erkak orzu qiladigan ajoyib tajriba!

Har bir erkak orzu qiladigan ajoyib tajriba!

Istanbul shahrining mahalliy aeroportida aviatsiya, kosmik va texnik festival bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir davomida kichik bolalar va kattalar orasida orzu qilingan ajoyib tajriba o’tkazildi.

Tajribaning maqsadi avtomobil, mototsikl yoki samolyot orasida kim tezroq bo’lishini tekshirish edi. Uchta superkar Tesla P100DL, Aston Martin New Vantage, Lotus Evora GT 430; shaxsiy samolyot Bombardier Challenger 605 va xarbiy tez uchar Solo Turk’s F16 samolyot; Kawasaki H2R mototsikl va Red Bull Formula 1 avtomobil poygada qatnashdilar.

Nima deb o’ylaysiz, ushbu poygada kim g’alaba qozongan?

Hayratlanarlisi, ushbu noodatiy musobaqada Kawasaki H2R mototsikl g’olib bo’ldi! Ikkinchi o’rinni Red Bull Formula 1 avtomobili egalladi. Uchinchi o’rin esa Solo Turk’s F16 tez uchar xarbiy samolyoti bo’ldi.

Barcha ishtirokchilarning maksimal tezligi:

Lotus Evora GT 430 – 315 km/soat

Red Bull Formula 1 avtomobil RB14 – ~ 338 km/soat

F-16 – 2000 km/soat dan ortiq

Challenger 605 – 870 km/soat

Kawasaki Ninja H2R – 400 km/soat

Tesla P100DL – 250 km/soat

Aston Martin New Vantage – 315 km/soat

Mazkur asrning ajoyib poygasi qanday o’tganini tomosha qilishingiz mumkin:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social