Toshkentda o‘tkazilgan hashamatli to‘yga 50 mln dollar sarflangani aytilmoqda

Toshkentda o‘tkazilgan hashamatli to‘yga 50 mln dollar sarflangani aytilmoqda

Toshkentda Rossiya estrada yulduzlari ishtirokidagi dabdabali to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘yga oid suratlar va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

To‘y egalarining ism-shariflari aniq ko‘rsatilmagani sababli tadbir homiylari noma’lumligicha qolmoqda.

Nikoh oqshomida Ivan Urgant va Kseniya Sobchak boshlovchilik qilgan. Sog‘lig‘idagi muammolarga qaramay, sahnada Filipp Kirkorov ham qo‘shiq kuylagan. Shuningdek, Zivert va Instasamka kabi mashhur san’atkorlar ham taklif qilingan. 

Rossiya OAVning hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘y byudjeti 50 million dollarni tashkil etgan. Filipp Kirkorov, Kseniya Sobchak, Ivan Urgant, Zivert, Instasamka, Navai kabi mashhurlar gonorarining o‘ziga 600 ming dollardan ko‘proq pul sarflangani aytilmoqda.

To‘yda ozarbayjonlik taniqli xonanda Roza Zergerli ham qo‘shiq kuyladi. 

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Oxxo!!! Kimda bunaqa pul bor ozi bizda???

  2. Urgant bilan bemalol sahnada turishibtiku, Rossiyadan qochganida hammasi uni yomonlavotudi rofl

  3. Hammasi baribir kozboyamachilik

  4. Shu pullarni odamlarga ishlatsa, ancha foydaliroq bo’lar edi

  5. Ozini ishlab topgan pulini nimaga boshqa odamlaga ishlatishi kerak ekan?

  6. Hammaga topgan pulini ozi qanday hoxlasa shunday ishlatadi

  7. Bu sizning yoki bizning ishimiz emas

  8. Shoxista

    Koylagi juda chiroyli ekan, menga juda yoqdi heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social