Barselonada, dunyodagi eng yirik Mobile World Congress mobil sanoati ko’rgazmasida “Roborace” uchun yakuniy avtomobil dizayni taqdim etildi. Ushbu poygada avtomobillar sun’iy aql bilan boshqariladi.
Poyga avtomobilining uzunligi taxminan besh metr, eni esa ikki metrni tashkil etadi. Elektr mashina to’rt 300-kilovattli elektr motorlarga ega bo’ladi (har bir g’ildirak uchun) va umumiy 975 kilogramm og’irlikda bo’ladi. Bunday mashina soatiga 320 kilometr tezlikda yurishi mumkin.
Avtomobil Amerika grafik protsessorlarni ishlab chiqaruvchi “Nvidia” tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, super-kompyuter Drive PX2 tomonidan nazorat qilinadi.
Iyul oyidan boshlab, ikki Roborace mashinalari poygada ishtirok etadi va keyingi mavsumdan so’ng to’liq chempionat boshlanadi.