Hayratda qolasiz: 100 yil oldin odatiy kasblar qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

Hayratda qolasiz: 100 yil oldin odatiy kasblar qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

Yuz yil avval ham odamlar taksida yurgan, manikyur va massajga borgan, tarmoqli marketing vasvasasiga berilgan va kuryer xizmatidan foydalangan. Quyidagi suratlar orqali 100 yil oldin odatiy kasblar qanday ko‘rinishda bo‘lgani, ular qanday sharoitda va qanday vositalar bilan bajarilganini his qiling.

Barcha davrlarda ham yetkazib berish xizmati muhim soha bo‘lgan. Tokiodan kelgan, yelkasida bir uyum ugra ko‘targan kuryer buning isbotidir.

Hozirgi kunda taksi chaqirganda, ekonom, komfort yoki hatto elektromobilda sayohat qilishni tanlash imkoniyati bor. Ilgari esa chaqiruvga mana bunday mashina kelib qolishi mumkin edi. Avtomobil tomida o‘sha davrlarda benzin o‘rniga ishlatilgan gaz balloni joylashgan.

Go‘zallik tanlovlari har doim ommalashgan bo‘lib, modellarning qiyofalari esa tez-tez o‘zgarib turgan. Suratda 1922-yilda Vashingtonda o‘tkazilgan yillik go‘zallik tanlovining to‘rt nafar g‘olibi tasvirlangan. Har bir ayol o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Ba’zi rasmlardan ko‘rinib turibdiki, sartaroshlar nihoyatda murakkab texnikani qo‘llashga majbur bo‘lgan.

XX asr boshlarida massajchi bo‘lish juda obro‘li kasb hisoblangan. Ammo bu xonada haqiqatan ham xotirjam bo‘lish mumkinligiga ishonchimiz komil emas.

Dastlab, faqat erkaklar bortkuzatuvchi sifatida ishlagan. Masalan, 1920-yilda Jek Sanderson ismli styuard yo‘lovchilarga sharbat taklif qilmoqda.

1930-yildan boshlab bu kasbga ayollarga uchun ham ruxsat berildi. Chapdagi suratda Yevropadagi birinchi ayol styuardessa Nelli Dayner tasvirlangan.

1930-yil 15-mayda Ellen Cherchning tashabbusi tufayli ayollarga birinchi bor bort kuzatuvchisi lavozimida ishlashga ruxsat berildi. U hamshira va uchuvchi bo‘lib, tijorat samolyotlarida uchishni orzu qilardi, ammo afsuski, buning iloji yo‘q edi. Shundan so‘ng Ellen yirik aviakompaniyani hamshira-styuardessaning yo‘lovchilar kayfiyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishontirdi. Aynan Cherch xonim bu sohada ilk qadamni qo‘ygan ayol sifatida tan olinadi.

Kommivoyajerlar allaqachon o‘tmishda qolib ketgandek tuyuladi. Lekin tarmoqli marketing vakillari qayerdan paydo bo‘lgan? Ular ham xuddi shunday, qo‘llarida xushbo‘y kataloglar va tuya junidan to‘qilgan ro‘mollar bilan xaridor qidirishgan.

Figurali uchish har doim mashhur bo‘lgan. Ayollar 1908-yilda chempionatlarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Chapdagi suratda amerikalik figurali uchuvchi Tereza Ueld Blanchard, 1920-yilgi Olimpiya o‘yinlarida yakkalik bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Kassirlik ishi juda asabiy kasb. Hozirgi kunda ko‘p hollarda hamma narsa avtomatik tarzda hisoblanadi, lekin avvallari bu kasb vakillari uchun ancha qiyin bo‘lgan.

O‘tgan yillar davomida futbolchilarning uslubi unchalik o‘zgarmagan.

Xokkeychilarda esa forma hozirgi zamonaviysiga qaraganda ancha soddaroq edi.

Hozir dasturchilar deganda soqol qo‘ygan yigitlarni tasavvur qilamiz. Aytgancha, bu kasbning birinchi vakili Avgusta Ada Lavleysdir.

Grafinya Lavleys ingliz matematigi va yozuvchisi edi. Aynan u birinchi mexanik kompyuter uchun algoritmlar ustida ishlagan va uning imkoniyatlari hisoblash texnikasi chegarasidan tashqariga chiqishini taxmin qilgan. 1980-yillarda uning sharafiga dasturlash tili ham nomlangan.

Fotograflar 200 yildan buyon muhim voqealarni kadrga muhrlab kelmoqda. Suratda Tutanxamon maqbarasini qazish paytida Garri Bertonni fotoapparati bilan.

O‘shanda ham, hozir ham ofitsiantlar samimiy tabassum bilan mehmondo‘stlik ko‘rsatishadi.

Agar 80 yil oldin ayollar tirnoqlarini manikyur qildirmagan deb o‘ylasangiz, qattiq yanglishasiz.

O‘t o‘chirish ekipajlari ilgari shunday ko‘rinishda bo‘lgan. Otlar favqulodda vaziyatlarda xotirjamlikni saqlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Odatda 100 otdan atigi bittasi bunday vazifaga mos kelardi. So‘ngra ularga barcha harakatlar o‘rgatilardi: ular hatto xavf-xatar paytida ham otxonadan o‘zlari chiqib ketardi. Ba’zilari esa “nafaqa”ga chiqarilganidan keyin ham sirena ovozini eshitganda yordamga yugurishga shay turishardi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bu maqolani o‘qib, oldingi asrda oddiy odamlar ham hozirgi kabi hayot kechirgan emasligini angladim. Hamma narsaning avvalgisi qanday bo‘lganini ko‘rish juda hayratlanarli edi.

  2. 100 yil oldin ham hayot hozirgi kabi murakkab va rang-barang ekanini bilish juda qiziqarli. Bu suratlar bizga tarixni boshqacha ko‘z bilan ko‘rishga yordam beradi.

  3. Lekin ba’zi joylar juda hayratlanarli, masalan eski taksi suratlari yoki birinchi styuardessalar haqida o‘qib, “qancha o‘zgarish bo‘lgan ekan” deb fikrlab qoldim.

  4. Umuman olganda, maqola juda yoqdi — oddiy hayotiy kasblarning qanday o‘zgarib borganini ko‘rish insonga alohida ilhom beradi.

  5. Фарангиз

    Жуда зур, маникюр якинда чиккан диб уйлирдим

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social