UFF ga “Fairplay” sovrini topshirildi

UFF ga “Fairplay” sovrini topshirildi

Bugun Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bo`lib o`tgan Xalqaro Futbol Federatsiyasining 2012 yil lauriyatlarini taqdirlash marosimida O`zbekiston Futbol Federatsiyasi FIFA ning “Fairplay” (Xalol o`yin) sovrini bilan taqdirlandi.

Ushbu sovrin egasini aniqlashda kuyidagilar inobatga olinadi, ya`ni sariq va qizil kartochkalarning soni, raqib terma jamoasiga bo`lgan xurmat, ijobiy o`yin hamda muhlislarning o`zini tutushiga qarab aniqlandi.

FIFA ning “Fairplay” sovrini O`zbekiston Futbol Federatsiyasiga nasib etdi. Bu esa, hozirgacha o`zbek futbolining jahonda qo`lga kiritgan eng katta mukofati bo`lib turibdi.

“Xalol o`yin” sovrini O`FF prezidenti Mirabror Usmonovga topshirildi.

Barchangizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz!

Shuningdek FIFA tomonidan 2012 yilning ramziy terma jamoasining 11 nafar a`zolari e`lon qilindi.

Ular bilan tanishing:
Darvozabon – Iker Kasil`yas (“Real),
Himoyachilar – Dani Alves(“Barselona”), Jerar Pike(“Barselona”), Serxio Ramos(“Real), Marselo (“Real),
Yarim himoyachilar-Xabi Alonso (“Real”), Xavi (“Barselona”), In`esta(“Barselona),
Hujumchilar – Lionel` Messi (“Barselona”), Radamel` Fal`kao (“Atletiko”), Krishtianu Ronaldu (“Real”).

Keyin yilning eng yaxshi murrabbiysiga atalgan mukofot topshirildi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi 62 yoshli Visente Del` Boske 2012 yilning eng yaxshi murabbiyi deb e`lon qilindi.

Nomzodlar orasida Xosepa Gvardiola va Joze Mourin`yular ham bor edi. Visente Del` Boskega ushbu sovrinni Braziliya terma jamoasi bosh murabbiysi Luisa Felipe Skolari topshirdi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    хамае Реал ва Барса босиб кетдию ))) Фалкао адашиб туди 😉

  2. milan

    nima bu, faqat ispaniya premiyerosidei o’yinchilani olishibdi, nima boshqa chempionatdei futbolchilar bo’masmikin? bu safar FIFA ga qoyil qomadim

  3. Gol

    купчили ФИФАдан ранжишган, нафакат сиз муаллиф Милан! бу сафаргиси жуда нотугри булди, Месси узи кайси уйини учун олтин тупни олди? Испания примьеросидаги уйини учунми? ундай булса Чемпионлар Лигаси кубогини оган клуб каерда колди, Евро2012 чемпионатида голиб жамоа футболчилари каерда колди, тугриси койил комадим

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social