Eng badavlat hindistonlik oila vorisi Anant Ambani to‘y marosimining nufuzli mehmonlariga qimmatbaho soatlar sovg‘a qildi. Bu haqda News18 portaliga tayanib “Oxu.az” xabar bermoqda.
Osiyodagi eng badavlat tadbirkorning o‘g‘li Anant Ambani va milliarderning qizi Radika Merchantning to‘yi 12—14-iyul kunlari kuyovning uyida, Mumbayda joylashgan 27 qavatli saroyida hamda Jio World Family Convention Center’da bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mukesh Ambani kuyovjo‘ralarga, kelinning dugonalariga hamda boshqa hurmatli mehmonlarga Audemars Piguet brendiga tegishli 250 000 dollarlik cheklangan kolleksiyadagi qo‘l soatlarini sovg‘a qilgan. Ular orasida taniqli aktyor Shohrux Xon ham bor. Aksessuar korpusi 18 karatli pushti tilla bilan bezatilgan bo‘lib, orqa tomoni sapfirdan yasalgan.
Shuningdek, qo‘l soatida Manufacture Calibre 5134 tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, u cheksiz kalendarga: sana, haftaning kuni, yil, oy, soat va daqiqalarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarga ega. Shveysariya brendiga tegishli soat 18 karatli va pushti rangli oltin bilaguzuk hamda ko‘k alligator terisidan yasalgan qo‘shimcha kamar bilan jihozlangan.
Avvalroq Anant Ambani to‘yiga 600 million dollardan ko‘proq xarajat sarflangani ma’lum bo‘lgan edi. To‘y marosimi uch kun davomida Mumbayda bo‘lib o‘tdi.
Anant Ambani va Radika Merchant nikohi yil to‘yi deb nomlandi. Mart oyida bo‘lajak er-xotin to‘yi marosimiga tayyorgarlik bayramlari Hindistonning eng go‘zal hududlaridan biri — Udaypurda nishonlandi. Bayram uch kun davom etdi va besh yulduzli Oberoi Udaivilas mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
600 млн доллар битта туйга? Тагин бизани одамлани гапиришади
Бунака пулга нимала киса буларди, була туй килишини
Одамлани тшуниш кийин
Borib kesam bolarkan, 250 ming ishlab olarmidim
Rosa chiroyli toy boldi lekin, menga yoqdi rasmlarini korganimda
Kop mashxur insonlar keldi
Azizam balki endi borarmiz oshanda samolyotga bilet qimmat edi ulgurmadik deb
Sal kopro tolaseyam, borse bolarkan
Ha boldi hozir boramiz Azizam toyga toyono qilib tabriklab kelamiz
Boldi, biletlani ob turin, Xorazmdan uchamiz
Hop boladide Azizam siz boraman deyisizu bormimizmi
Hammaga emas, kiyov jo’ralarga berilgan
Kambag’allarga yordam bersa bo’lardi
Berishmasa, mehmonlar kemasmidi?
Yoqdi
Bundan ko’ra savob ishlar qilsa bo’lardi