Ichkilik

Ichkilik

Spirtli ichimlik juda oz miqdorda ba`zi hollardagina qabul qilinganda odam organizmiga yordam berishi mumkin. Ammo bu bilan spirtli ichimlik ichishni oqlamoqchi emasmiz. Spirtli maxsulotlar bilan juda ehtiyotlik bilan foydalangan ma`qul. Qadimda ota bobolarimiz uzum sharbatidan sharob tayyorlagan bo`lsalar, hozirda spirtli ichimliklarning turlarini sanab adog`iga etolmaysan kishi. Bilasizlarki, spirtli ichimliklarga inson organizmni juda tez ko`nikadi. Bir ikki ichib yurgan odam, keyinchalik ichkilikning quliga aylanib qolganini sezmay qoladi. Ichkilik ichganida esa odamning xotirlash qobiliyati susayadi. O`zini boshqara olmaydigan bo`lib qoladi.

Spirtli ichimlik shu paytgacha hech kimga foyda bermagan. Shunday bo`lsa ham, insoniyat spirtli ichimlik ichishdan to`xtagani yo`q. Ichkilik ichgan kishi kuchli emas, zaif bo`lib ichkilikning quliga aylanib qolishi haqida hali hech qanday ma`lumotga ega bo`lmagan bu yosh o`smirlar osongina ichkilik ichishga o`rganadi. Sizlarga bir narsani aytib o`tmoqchimiz. Spirtli ichimliklarga ayollar va bolalar juda tez o`rganib qoladilar. Shuning uchun ham ayollarimiz mehmonda, bayramlarda o`zlarini ichkilik ichishdan tiyishlari kerak. Ichkilik ichishga o`rgangan ota onaning farzandlari ham ichkilikka moyil bo`lib ulg`ayishadi. Kelajakda ular ham albatta ichadigan kishilar bo`lib ulg`ayishadi. O`z kelajagi haqida qayg`uradigan ota ona o`zlarini ichkilik ichishdan tiyishlari lozim. Yuqorida aytib o`tganimizday ichkilikning quli bo`lib qolgan kishi o`z obro`sini va hurmatini yo`qotadi. Ishidan ajraladi. Butun fikri zikri aroq topishda bo`lib qoladi. Bunday odam uchun esa kunning o`tishi muhim xolos. Avvalgi do`stlariga, ishiga ham qiziqishi yo`qoladi. Ishlashga bo`yni yor bermaydigan bo`lib qoladi. Bunday inson uchun dunyoda faqat bir narsa – aroq mavjud bo`lib qoladi holos. Oila, farzandlar, do`stu qarindoshlar va ish ham ularni qiziqtirmaydi.

Endi tasavvur qiling, shunday odam kimga kerak?  Hayotni barbod qilmaslik uchun, qiyin damlarda kishi o`zini qo`lga olib, aroqsiz ham muammolarni hal qilish mumkin. O`zingiz bir o`ylab ko`ring. Bu haqda qanday fikrdasiz?

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    уйлиман пиво меёрида ичсак, унинг зарари булмайди! нима деб уйлисизлар?

  2. lekin ichkilikka berilib ketmaslik kerak! odam uzini ushlashi kerak, kerak vaqtda uzini tuxtatishi kerak.

  3. xa Aziz pivo yozda juda yaxshi ketadi smile

  4. мурод

    энди меёрода ичса булади,буни зарари ёк деб уйлиман. тугри бир хил одамлар ичкандан кейин узини бошкаролмайдилар, лекин бир хилари бор узини яхши холатда тутишади.

  5. Азим Муллахонов

    Спиртли ичимлилани рекламасими бу?

  6. Номаълум

    Munaqa rasmlani ko’rsen naobarot ichkilarin kepketadi.

  7. Алкаш

    Маниям ичкиларим кепкетти! Бунака хикоялага бунака расмлани куймаган яхши.

  8. Номаълум

    инсон узини тутиб билишни керак!

  9. Вой, бу пивони рекламасига ухшаб кетаркан. Умуман пиво ичмайдиган инсонниям иштахасини очвораркан

  10. нодир

    ха телевизордаги пиво рекламалар дам олишади шу реклама олдида! лекин шу ичкилик хакида макола менга жуда ёкди! керакли реклама.

  11. Номаълум

    энг мазза килиб ичадиган ичимликлар пиво, кола ва бошка. уларнинг организимизга фойдаси ёк экан, хамма айтишади улар зарар келтиришади!

  12. Номаълум

    Фойдали ичимликнинг узи борми?

  13. uylab qarasak xammaga xam bir ichimlik to’gri kelmaydi! xattoki eshitdim choyni xam zarari bor!

  14. nilyufar

    eng xammaga foydali bulgan ichimlik, bu oddiygina suv!

  15. Номаълум

    нестле суви – рулит! smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social