Ilon Mask kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatdi

Ilon Mask kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatdi

Milliarder Ilon Maskning Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasi birinchi marta inson miyasiga implant o‘rnatdi. Bu haqda tadbirkor o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“Neuralink implantini bir kishi oldi, (operatsiyadan keyingi) tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda”, — deb yozgan Mask. 

Neyrochip Bluetooth orqali gadjetlarni boshqarish imkonini beradi. Loyiha 2016-yilda boshlangan, biroq ilgari tadqiqot faqat hayvonlar ustida olib borilgan. Kompaniya asoschisi Ilon Mask bemor o‘zini yaxshi his qilayotgani va birinchi natijalar allaqachon istiqbolli ekanini yozgan.

“Chip telefon yoki kompyuteringizni va ular orqali deyarli har qanday qurilmani shunchaki fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradi. Dastlabki foydalanuvchilar o‘z oyoq-qo‘llarini boshqarish qobiliyatini yo‘qotganlar bo‘ladi. Tasavvur qiling, Stiven Xoking mashinist yoki auksionchiga nisbatan tezroq muloqot qila olsa. Maqsad shu”, — deydi Mask.

Yangi mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi. Qurilma qabul qiluvchi kapsuladan iborat bo‘lib, eshitish vositasi kabi quloq orqasiga o‘rnatiladi. Undan ipga o‘xshash elektrodlar miyaga uzatiladi. Umuman olganda, miyaga 1,5 mingtagacha elektrodlar joylashtiriladi. Ularning har biri inson sochidan to‘rt marta yupqaroqdir.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Якинда куп касалиллани шу нейролинк оркали даволашади

  2. Zur narsaga uxwidi

  3. Bu orqali depressiyani ham tuzatsa bo’larkan deb eshitdim

  4. Opasniymasmikan?

  5. Тимур

    Наоборот, фойдали булади

  6. Kelajak ham mana keldi

  7. Natijalarni kutib qolamiz endi

  8. Hammasi yaxshi bo’lsin!

  9. O’xshasin de

  10. Qiziq narsa ekan

  11. Ilon Mask

    Hammasi chotkiy bo’ladi, kutila

  12. Omad Ilon!

  13. Shaxobiddin

    good

  14. Mask kim bu o’zi?

  15. Yaxshi

  16. Gulshan

    Menga ham qo’yib bersinla

  17. Klass

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social