O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam oylik to‘lanayotgan sohalar maʼlum qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam oylik to‘lanayotgan sohalar maʼlum qilindi

Mamlakatda 2023-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 551 ming so‘mni tashkil etib, 2022-yildagiga nisbatan 17,2 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.

O‘tgan yilning yanvar–dekabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent, Andijon hamda Buxoro viloyatlarida qayd etildi.

Yil davomida o‘rtacha ish haqining eng yuqori o‘sish surʼatlari Farg‘ona (19,1 foiz), Jizzax (18,1 foiz), Xorazm (18 foiz), Samarqand (17,8 foiz) hamda Toshkent shahrida (18,7 foiz)  kuzatildi.

2023-yilda o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri kelib, 13 million 323 ming so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 10 million 602 ming so‘m, tashish va saqlash sohasi 6 million 937 ming so‘m, sanoat sohasi 5 million 622 ming so‘m bilan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Mamlakatda o‘tgan yili oyligi umumiy hisobdagi o‘rtacha miqdorga yetmagan eng past daromad oluvchilar taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalari vakillari bo‘lgan. Xususan, oylik miqdori doimiy quyi pog‘onalarni band etayotgan taʼlim sohasida o‘rtacha ish haqi 3,1 million so‘mni tashkil etgan. Sog‘liqni saqlashda esa 3 million so‘m bo‘lgan. Bu miqdor nominal hisoblangan bo‘lib, soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olgan daromadlardir. 

Taʼlim

Statistika agentligi taʼlim sohasini asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqdi. Maʼlum bo‘lishicha, 2023-yilda soha bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi oliy taʼlimda to‘langan — 7,4 million so‘m. Eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha taʼlimda kuzatilgan —1,7 million so‘m.

Taʼlim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan — 5 million so‘m. Shu bilan birga, Toshkent (3 million so‘m) hamda Navoiy viloyatlarida (3 million so‘m) boshqa hududlarga nisbatan yuqoriroq ish haqi to‘langan.

Eng past ish haqi Qashqadaryo (2,6 million so‘m) va Farg‘ona (2,8 million so‘m) viloyatlarida to‘langan. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax, Samarqand hamda Xorazm viloyatlarida o‘rtacha oylik ish haqi 3 million so‘mga ham yetmagan.

Umuman olganda, taʼlim sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqi 2022-yilda 2,6 million so‘mni tashkil etgan.

Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash sohasining faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida kuzatilgan — 3,7 million so‘m. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘istonda (3,3 million so‘m) hamda Xorazm viloyatida (3,2 million so‘m) nisbatan yuqoriroq ko‘rsatkich qayd etilgan.

Eng past oylik ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgan bo‘lsa, u yerlarda sog‘liqni saqlash xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 3 million so‘mdan kam bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqi 2,6 million so‘mni tashkil etgandi.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Узи биринчи уринлада укитувчила ва шифокорла булиши кере

  2. Aziza

    Turi etas Timur aka, lekn afsus eng kam pul oliwadi va hurmatam yo ulaga sad

  3. Guli

    Ha afsuski toʻgʻri aytasizlar ularni koʻpam hurmat qilmaydiganlar kop afsuski bu achinarli xolat

  4. Aziza

    Juda a4inarli holat, bizda ota onalayam bolalariga urgatiwmidi, ustozni hurmat qiliw kere dib

  5. Otabek

    Chunki bizda bu ishlar prestijniy hisoblanmaydi

  6. Suxrob

    Vrach bo’lish yaxshi kasb hisoblanadi va yaxshi vrach chastniy klinikada ishlab ko’p pul topadi

  7. Aziza

    Uqitiv4ila4i? Ula ham yaxwilari qimmat maktablada dars beriwadi va 4astniy uquv4ila oliwadi

  8. Otabek

    Bu ham to’g’ri, lekin baribir davlatdan beriladigan oylik ularda baland bo’lishi kerak

  9. Aziza

    Ha, turi etas

  10. Anonim

    IT birinchi o’rinda emasligiga hayronman

  11. Jama

    Bankdagilar ko’p pul olishadi

  12. Ulug'bek

    Konvertda oladiganlarni yozishmagan

  13. Anonim

    A ularni oyliklarini bilishmaydi da rofl

  14. Anonim

    Pul yo’q

  15. Yunus

    Bunaqa oyliklarga yashab bo’larmidi

  16. Gulnoraxon

    Bularni ko’rib ko’nglim og’ridi

  17. Sarvinoz

    boredom

  18. Anonim

    dash no

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social