Insoniyatning ilk noni

Insoniyatning ilk noni

Bugungi suhbat mavzuimizni eshitib, “Qiziq, insoniyatning ilk noni nima bo`lgan ekan”, ‑ deb o`ylagan bo`lsangiz kerak. Ha, bugun aynan insoniyatning ilk noni haqida ma`lumotga ega bo`lasiz. Mana eshiting.

Arpa g`aroyib tarixga ega. U haqiqatdan insoniyatning ilk noni. Buni qarangki, donli ekinlar ichida er yuzida eng keng tarqalgani ham arpa ekan.

Tezpisharligi tufayli boshqa boshoqli o`simliklar o`sib hosil berolmaydigan erlarda ham pishib etiladi. Arpa Osiyo va Afrikaning janubiy mintaqalarida, uzoq shimolda – Alyaskada, Norvegiyada hamda Yoqutistonda ekilib binoyidek hosil beradi.

Markaziy Osiyo va Kavkaz tog`larida dengiz sathidan 3500 metr balandlikda, Janubiy Amerika, Xitoy va Nepalda – 4000 ming metrgacha balandlikda etishtiriladi. Arpa – insoniyat qadimdan etishtirib kelayotgan eng ko`hna boshoqli ekinlardan biri hisoblanadi. Old Osiyo ilk dehqonlarining miloddan avvalgi 8 ‑7 ming yilliklarga oid manzilgohlarda olib borilgan arxeologik qazishma ashyolari fikrimizga dalildir.

Erondagi Ali Kosh manzilgohida o`tkazilgan qazishmalarda arxeologlar bundan qariyb 9 ming yil muqaddam yongan uyning devor va tomlarining kuygan tuprog`ida ikki qatorli arpa doni izlarini topishgan. Kichik Osiyoda olib borilgan qazishmalarda esa 8 ming yil muqaddam etishtirilgan po`sti oson tushadigan olti qatorli arpa doni topildi. Bundan chiqdi, arpaning mazkur kenja turlari ikkita – yovvoyi ikki qatorli va yovvoyi ko`p qatorli mustaqil asosga ega ekan, degan fikrning tarafdorlari bo`lgan olimlar haq ekan‑da?

Biroq genetiklar ham ikki qatorli ham ko`p qatorli yovvoyi arpa asosiy genlarning mushtarakligini ko`rsatishdi. Darvoqe, Eron Kurdistondagi Jarmo manzilgohida o`tkazilgan qazishmalar ajoyib bir yangilikni in`om etdi. U erdagi miloddan avvalgi 6‑5 ming yilliklarga  oid madaniy qatlamlarda mo`rt boshoqli qo`lda ekilgan yovvoyi ikki qatorli arpa topildi.

Boshoqning mo`rtligi barcha turdagi boshoqli o`simliklar uchun xos hususiyatdir. Biroq, shu bilan birga boshoq bandi qattiq bo`lgan arpa ham urtadiki, bu madaniylashganlik alomatidir. Yunon va Rim manbalarida qadimgi Misrda arpa o`simligi keng tarqalganligi aytib o`tilgan.

Ular mamlakatda arpadan non yopishlarini , “qon yugurtiruvchi” va kayf qildiruvchi ichimliklar (pivo) tayyorlanganligini ta`kidlashgan. Arxeolog Shveynfurt qadimgi dafinani qazib ochganida mo`miyolangan jasadning bo`yniga undirib yanchilgan arpa solingan haltacha osib qo`yilganligi aniqlandi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Лола

    Нон азиз! Болалигимиздан бизни нонни эъзозлашни ургатиб келишади

  2. Жамшид

    узбегим дастурхонини нонсиз тасаввур килаолмайман, айникса самарканд нонлари ажойиб

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social