Siz endi “Story” bo’limida do’stlaringizni xabarlariga nafaqat tekst bilan, balki yana selfi yoki “Bumerang” bilan javob berishingiz mumkin.
“Story” ni ko’rayotganda, tasvir yoki video bilan javob uchun yangi kamera belgisiga bosing. Instgram da mavjud bo’lgan filtrlar, stikerlar yoki shunchaki javob berish kabi vositalarni ishlatish mumkin.
Foto yoki video bilan javob berganda stiker paydo bo’ladi. Uni ekran maydonida istagan joyga joylashtirishingiz va kerakli hajmni tanlashingiz mumkin.
Qabul qiluvchi javobingizni kirish xabarlarda ko’rishi mumkin bo’ladi. Instagram ilovasini yangilash kelgusi haftalarda paydo bo’lishi aytib o’tilgan.