Instagram ijtimoiy tarmog’ida ovoz berish funksiyasi paydo bo’ldi. Endi foydalanuvchilar “Stories” bo’limida so’rovlar qilishlari mumkin.
So’rovda ikkita javob variantlari bo’lishi mumkin va ular muallif tomonidan yoziladi. Uni yaratish uchun siz “Stories” bo’limida rasm yoki videoni olishingiz kerak va stikerlar bilan tugmani bosishingiz kerak. Bu yerda “so’rovnoma” stikeri bo’ladi.
So’rovni yaratganingizdan so’ng, akkaunt muallifi va uning abonentlari ovoz berish va natijalarni ko’rishlari mumkin. Buning uchun siz ushbu rasmni yoki videoni ko’rganlarning ro’yxatini ochishingiz kerak.
Instagramda boshqa vositalar ham paydo bo’ldi. Birinchisi – “Pipet”: matnning rangini o’zgartirish va rasmning muayyan qismini rangli qilish mumkin. Shuningdek, “Alignment” orqali matn va stikerlarning eng zo’r joyini tanlash mumkin va bu faqatgina iPhone larda mavjud.
Yangilanish bugundan barcha Android va iOS foydalanuvchilariga taqdim etiladi.
Manba: Lifehacker