Intellektni rivojlantirish uchun kitoblarni qanday mutolaa qilish kerak?

Intellektni rivojlantirish uchun kitoblarni qanday mutolaa qilish kerak?


Asarning xotimasi va muallifning asosiy mulohazalarini oldindan bilish asar mavzusi haqida tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, odatda birinchi 50 sahifadayoq biz muallif nima demoqchi ekanligini tushunamiz. Shunda siz «Bu kitobni o‘qish men uchun nega kerak?» va «Uning asosiy g‘oyasi qanday?» degan savollarga javob izlaysiz. Bundan tashqari, boshqa kitobxonlarning ushbu kitob haqidagi fikr-mulohazalari bilan ham tanishib chiqish zarar qilmaydi. Mulohazalardan uning intellektual qiymatini aniqlash yanada oson bo‘ladi.

Tushunmaganlaringizga bee’tibor bo‘lmang

Siz hamma narsani ham birdan tushunmasligingiz mumkin. Asosiysi, bee’tibor bo‘lmasdan ular haqida boshqa manbalardan ham ma’lumot qidiring. Misol uchun, tarixiy urushlar haqida o‘qiyotganingizda, jang maydonini tasavvur qilish muhim. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hududning xaritalarini o‘rganib chiqishingiz maqsadga muvofiq.

Muhim joylarni belgilab qo‘ying

Sizni qiziqtirgan va o‘ylantirgan barcha joylarni xatcho‘p yoki markerda belgilang. Shaxsiy fikrlaringiz bo‘lsa, albatta kitobning hoshiyasiga qalam bilan yozib qo‘ying. Kitobni buzishdan aslo qo‘rqmang. Nima uchun o‘qiyotganingizni unutmang. Asosiy maqsad – kitobdan axloqiy va intellektual saboqlarni o‘rganish. Bunday eslatmalar bilan esa u sizga ko‘proq foyda keltiradi.

Kitobga qayta murojat qiling

Mutolaa qilish intellektual salohiyatingizni oshiradi. E’tiborlisi, aqliy rivojlanish kitobni tugatganingizdan keyin ham davom etadi. Funksional magnit-rezonans tomografiya yordamida Emori universitetida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, mutolaadan so‘ng ham bizning miyamiz kamida besh kun davomida faollikni saqlab turishga qodir. Yanada bilimga ega bo‘lish uchun bir yoki ikki hafta o‘tgach, kitobni qayta varaqlang. O‘zingiz uchun muhim deb bilgan ma’lumotlarni kerakli joyga qayta qayd qilish ham zarar qilmaydi. Bu orqali siz bilimingizni mustahkamlaysiz. Balki ulardan keyinchalik qayerdadir foydalanishingiz ham mumkin.

O‘qiganlaringizni amalda qo‘llang

Siz bejizga muhim ma’lumotlarni belgilab olmagansiz. Ulardan ishda va kundalik hayotda foydalanib turing. Olingan bilimlarni qo‘llashdan qanchalik mamnun bo‘lsangiz, shunchalik ko‘p rivojlanishni xohlaysiz.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juda kop kitobla oqishga harakat qilaman

  2. Kitobla haqiqatanam dunyoqarashni ozgartirishadi

  3. Fantaziyani rivojlantiradi va problemaladan uzoqlashtirishadi

  4. Har kuni 1-2 soat kitob oqiman smile Mandaka kitobmanla bomi? laugh

  5. Тимур

    Китоб укишга афсус хохишим йук, чунки укивотганда хеч нима бошимда комиди ва ухлаб коламан rofl

  6. Kitob o’qimasa bo’ladimi? Kitoblar dunyoni ochishadi

  7. Kitob oqimagan odam, tupoy bop qoluradi

  8. Shahzod

    Rahmat. Juda foydali boldi

  9. Kitob o’qishni sevaman

  10. Kitob o’qigan, dunyoni ko’rgan bo’ladi

  11. Yusufbek

    Mo’jizaviy

  12. Nodirjon

    good zo’r

  13. Sayyora

    Nima ekan endi bu sayt?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social